18:59 / 09.03.2017
13153

Imomali Rahmon o‘g‘illari bilan noyob daraxtlarni o‘tqazdi

Foto: Tojikiston prezidenti matbuot-xizmati

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon o‘g‘illari Rustam Imomali va Somon Imomali bilan Onalar kuni, 8 martda daraxt ko‘chatlarini o‘tqazish bo‘yicha hasharda ishtirok etdi.

Hashar Davlat gerbi bog‘ida bo‘lib o‘tdi, u yerda prezident va uning farzandlari bir necha manzaralari va doimiy ravishda yashil rangda turuvchi daraxtlar ko‘chatlarini o‘tqazdi, deb xabar qiladi davlat rahbari matbuot xizmati. Bu daraxt ko‘chatlari mamlakatga Yevropadan olib kelindi.

Hasharda umumiy hisobda 430ta noyob daraxt ko‘chatlari o‘tqazilgan.

Imomali Rahmon daraxtlarni to‘g‘ri parvarishlash va ularning halokatiga yo‘l qo‘ymaslik vazifasini topshirdi.

«Imomali Rahmon bahorning ilk kunlaridan boshlab tabiatni muhofaza qilishni yaxshilash va mamlakatning turli qismlarini obodonlashtirish maqsadida ko‘chat o‘tqazish bo‘yicha kampaniyalarni tashkil qiladi. Avvalroq u shunday kampaniyalarni 2 fevral kuni Navro‘zgoh bog‘ida, 4 mart kuni esa – “Tinchlik va milliy hamjihatlik asoschisi – Millat yetakchisi” bog‘ida o‘tkazdi», - deya ta'kidlaydi mamlakat yetakchisi matbuot xizmati.

Foto: Tojikiston prezidenti matbuot-xizmati
Foto: Tojikiston prezidenti matbuot-xizmati
Foto: Tojikiston prezidenti matbuot-xizmati
Foto: Tojikiston prezidenti matbuot-xizmati
Foto: Tojikiston prezidenti matbuot-xizmati
Mavzuga oid
Top