MXX xorijga 72 ming dollardan ortiq mablag‘ni olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan davlat xizmatchisini qo‘lga oldi
O‘zbekiston milliy xavfsizlik xizmati xorijga kontrabanda olib chiqib ketayotgan navbatdagi qonunbuzarni qo‘lga oldi.
Sputnik O‘zbekiston muxbiri ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent shahri aeroportida Toshkent-Moskva reysi yo‘lovchilaridan biri xavfsizlik xizmati xodimlarida shubha uyg‘otgan. U Rossiyaga pochta olib ketayotgan O‘zbekiston davlat feldʼeger xizmati militsiya kapitani, 48 yoshli Dilshod Shomuqimov ekani aniqlangan.
«Tekshiruv chog‘ida Shomuqimovning kurtkasi ichki cho‘ntagidan 35 ming dollar, bel qismidan ham 35 ming dollar, galstugi orasidan 4,3 ming rossiya rubli va 2,5 ming dollar, kurtkasining pastki cho‘ntagidan 100 dollar topildi. Bundan tashqari, militsiya kapitani yonidan Beeline va Ucell kompaniyalarining 450ta sim-kartasi chiqdi. Valuta va sim-kartalar bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan», — degan MXX vakili.
Shomuqimovdan protsessual tartibda jami 72,6 ming dollar, 4,3 ming rossiya rubli va 450 dona sim-karta musodara qilingan. Ushbu holat yuzasidan MXX organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qayd etish kerakki, bugungi kunda jinoyat olami vakillari taqiqlangan yuklar kontrabandasida samolyotlardan foydalanishi odat tusiga kirgan. Aeroport va samolyotlarga terrorchilik hujumlari xavfi ham ortib bormoqda.
O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati mahalliy va xorijga qatnovchi samolyotlar xavfsizligini ta’minlash uchun tegishli choralarni olib bormoqda.
MXX shuningdek, aeroportlar orqali tovar-moddiy boyliklar, xorijiy valuta, qimmatbaho metallar, zargarlik buyumlari va dori-darmonlarning noqonuniy olib o‘tilishiga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib bormoqda, giyohvandlik va psixotrop moddalar tashuvining oldini olmoqda.
Mavzuga oid
12:21 / 11.10.2024
DXX Afg‘oniston, Tojikiston va Qirg‘izistondan keltirilgan narkotik moddalarni musodara qildi
18:18 / 08.10.2024
Turkiyada tanasiga oltin yashirib o‘tmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik ayollar ushlandi
22:04 / 16.09.2024
Qirg‘izistondan O‘zbekistonga ot uyurini noqonuniy haydab o‘tmoqchi bo‘lganlar ushlandi
16:00 / 30.08.2024