Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona»ning g‘alabasi O‘zbekiston bozorlaridan birida bayram qilindi
Yevropa chempionlar ligasining 1/8 finalidan o‘rin olgan «Barselona» va «PSJ» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda kataloniyaliklarning g‘alabasi muxlislar tomonidan turlicha kutib olindi.
Jumladan, O‘zbekistondagi bozorlardan birida ham «Barselona»ning g‘alabasi karnay-surnaylar yordamida qarshi olingani tasvirga tushiriligan video ommalashdi. Video qaysi bozorda tasvirga olingani ma'lum emas. Ijtimoiy tarmoqlarning ba'zi foydalanuvchilari tasvirlar Namangandagi bozorlardan birida olingan desa, boshqa foydalanuvchilar bu Sirdaryo viloyati hududidagi bozor ekanini aytishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» «PSJ»ga qarshi uchrashuvda, dastlabki o‘yindagi 0:4 hisobidagi mag‘lubiyatni yo‘qqa chiqarib, 6:1 hisobida g‘alaba qozongan va YeChLning chorak finaliga yo‘llanma olgandi.
Mavzuga oid
15:43 / 31.05.2026
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
00:04 / 31.05.2026
«PSJ» ketma-ket ikki marta YeChL g‘olibi bo‘ldi
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
02:34 / 11.05.2026