Janubiy afrikalik Kris Bertish Atlantika okeanini eshkakli qayiqda kechib o‘tdi. Bu haqda The Guardian xabar tarqatdi.
Bertish o‘z sayohatini 93 kun oldin Marokashning Agadir shahrida boshlagandi. U 9 mart kuni Karib dengizi hududidagi Antigua oroli qirg‘og‘iga yetib kelgan va okean bo‘ylab sayohatini muvaffaqiyatli tamomolagan.
42 yoshli ushbu shaxs 120 dollar evaziga 6 metr uzunlikdagi qayiqda sayohat qilgan, bu qayiqni unga britaniyalik konstruktor Fil Morrison 6 oy davomida yasab bergan.
Qayiqning tumshuq qismida kichik kayuta o‘rnatilgan, bu yerda Bertish uxlashi mumkin bo‘lgan. Bundan tashqari, bu mo‘'jaz xonada sayohat uchun zarur qurilmalar, jumladan GPS, ultra-qisqa to‘lqinli radio, avtopilot, sun'iy yo‘ldoshga ulangan telefon, quyosh paneli hamda suv zaxiralari saqlangan.
"Sayohati davomida Bertish akulalar, to‘fonlar va yolg‘izlik bilan to‘qnash keldi", deya qayd etilgan xabarda.
U har kuni o‘rtacha 69 km yo‘l bosgan. Oxirgi kunda esa u jadal harakat qilib, 96,5 km masofani kechib o‘tgan.
U asosan tunda suzgan. Unga proteinli kokteyl, muzlatilgan mahsulotlar hamda qoqlangan go‘sht iste'mol qilgan.