Jahon | 19:21 / 10.03.2017
8603
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada prezidentning impichmenti antiqa ravishda nishonlanmoqda

Janubiy Koreya aholisi prezident Pak Kin Xening impichmentini tovuq go‘shtidan tayyorlangan taomlar tanovul qilish bilan nishonlamoqda. Bu orqali endilikda sobiq prezidentning laqabiga o‘ziga xos hajviy shama qilingan.

Prezidentning raqiblari bu laqab orqali "xe" deb nomlangan koreyscha gazak va tovuq bilan bog‘lanadigan salbiy fe'l-atvorga shama qilishgan.   

Endi Chonju shahridagi restoranlardan biri Janubiy Koreya konstitutsiyaviy sudi prezident impichmentini tasdiqlagani munosabati bilan 10 va 11 mart kunlari tovuqli burgerlarni yarim narxiga taklif qilmoqda. 

Janubiy Koreya milliy yig‘ilishi kafeteriysidagi 10 mart kunidagi taomnoma surati unda tushlikka odatda bayramlarda tortiladigan ugradan tayyorlanadigan taom va kechki ovqatga tovuq go‘shtli taom taklif qilingani sababli ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari e'tiborini tortdi. 

Bundan tashqari, koreys tvitterida "bayram ugrasi" iborasi trendga chiqdi, sud hukm chiqargandan keyin esa foydalanuvchilar qovurilgan tovuq suratini chop eta boshladilar.

Shuningdek, Janubiy Koreyaning eng yirik portallari Naver va Daum tovuqdan taomlar taklif qilinadigan restoranlar bo‘yicha tavsiyalar chop etishgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid