Sport | 22:40 / 11.03.2017
5050
4 daqiqa o‘qiladi

Bundesliga. «Bavariya» yirik hisobda g‘alaba qozondi, ta'qibchilar mag‘lubiyatga uchradi

Germaniya chempionatining 24-turidan o‘rin olgan beshta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu turga kelib chempionlik uchun kurash tom ma'noda poyoniga yetdi.

Turning markaziy uchrashuvida «Herta» Dortmundning «Borussiya»sini qabul qildi. Asabiy ruhda kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Asosiy ta'qibchisining ochko yo‘qotishidan «Leyptsig» foydalana olmadi. Jamoa o‘z uyida bu mavsum autsayderlar qatorida borayotgan «Volfsburg»ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi — 0:1. 

Ikki raqobatchining ochko yo‘qotishidan esa «Bavariya» unumli foydalanib qoldi. Jamoa o‘z uyida Frankfurtning «Ayntraxt» klubini qabul qilib yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Endi myunxenliklar asosiy ta'qibchisi «Leyptsig»ni 10 ochkoga ortda qoldirib ketdi. Mazkur uchrashuvda dubl qayd etgan Robert Levandovski «Bavariya» tarkibidagi 100-goliga mualliflik qildi.

«Hoffenhaym» bu turda ham durang qayd etgan bo‘lsa, autsayder «Darmshtadt» o‘z uyida «Maynts»dan ustun keldi.

Germaniya bundesligasi, 24-tur

Herta – Borussiya D 2:1 (1:0)

Gollar: Kalu (11), Plattenxardt (71) – Obameyang (55).
Herta: Yarsteyn, Bruks, Langkamp, Plattenxardt, Shtark, Xaraguti (Allagi, 90), Shelbred, Darida, Pekarik, Kalu (Mittelshtedt, 81), Ibishevich (Vayzer, 66).
Borussiya D: Byurki, Bartra, Ginter, Shmeltser, Gerreyru, Kastro (Dembele, 76), Vaygl, Kagava, Shyurrle (Merino, 83), Durm (Pulishich, 76), Obameyang.
Ogohlantirishlar: Langkamp (61), Ginter (70), Bartra (80), Dembele (90), Vayzer (90), Pulishich (90).

Bavariya – Ayntraxt F 3:0 (2:0)

Gollar: Levandovski (38, 55), Duglas Kosta (41).
Bavariya: Noyyer, Martines (Boateng, 65), Hummels, Alaba, Alkantara, Lam, Robben, Duglas Kosta, Vidal (Sanshesh, 78), Levandovski (Koman, 75), Myuller.
Ayntraxt F: Gradetski, Chendler, Hektor, Abraam, Tavatxa, Gachinovich, Xasebe (Russ, 64), Maskarel, Blum (Barkok, 70), Xrgota (Fabian, 78), Rebich.
Ogohlantirishlar: Rebich (23), Vidal (36), Maskarel (36), Xasebe (45), Alaba (56).

RB Leyptsig – Volfsburg 0:1 (0:1)

Gol: Gomes (9).

RB Leyptsig: Gulachi, Orban, Xalstenberg, Shmitts (Upamekano, 68), Kompper, Demme, Kayzer (Palasios-Martines, 46), Zabittser, Keyta, Forsberg (Berk, 74), Verner.
Volfsburg: Kastels, Blashchikovski, Rodriges (Gilavogi, 44), Knoxe, Bazur (Zeguin, 64), Luis Gustavo, Arnold, Didavi (Viyeyrinya, 82), Malli, Gerxardt, Gomes.
Ogohlantirishlar: Shmitts (14), Orban (19), Luis Gustavo (21), Keyta (33), Gerxardt (73), Gomes (78), Zeguin (89).

Frayburg – Xoffenxaym-1899 1:1 (0:0)

Gollar: Filipp (56) – Kramarich (60).
Frayburg: Shvolov, Gulde, Gyunter, Kyubler, Kempf, Xefler, Shuster, Xaberer (Ignovski, 87), Frantts, Filipp (Grifo, 73), Niderlexner (Petersen, 77).
Hoffenxaym-1899: Baumann, Xyubner (Bichakchich, 73), Zyule, Tolyan, Amiri (Terratsino, 82), Tsuber, Rudi, Fogt, Demirbay, Vagner, Kramarich (Salai, 76).
Ogohlantirishlar: Xefler (5), Fogt (56), Xaberer (61), Xyubner (62).

Darmshtadt – Maynts 2:1 (2:1)

Gollar: Sulu (5), Sem (12, penalti) – Kvayson (45).
Darmshtadt: Xoyyer, Sulu, Holland, Sirigu (Shtaynxofer, 87), Oltintop, Gondorf, Nimayyer, Vranchich, Sem, Heller (Platte, 75), Shipplok (Fedetskiy, 64).
Maynts: Lessl, Bell, Brosinski, Donati (Krkich, 77), Ramalo, Lattsa, Fray (Gbamen, 57), Kvayson, O‘ztunali, De Blasis, Kordoba (Muto, 82).
Ogohlantirishlar: Ramalo (18), Bell (45), Vranchich (53), Kordoba (66), Gondorf (77), Platte (90), Nimayyer (90).
Chetlatishlar: Vranchich (59) – Bell (89).

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid