Ey sen, o‘zbek deganda ehtiyot bo‘l...

Foto: O‘zA
Ey sen, pasportiga “o‘zbek” deya yozilgan va "jihod" deya mana shu Vatanga qarshi bo‘layotgan zolim. Bobong sobiq ittifoq tarkibida bo‘lsada mana shu Vatanning tuprog‘ini himoya qilib qon kechib jang qilgandi. Endi sen shu Vatanga qarshi borasanmi?
Ey sen, bir kursiga o‘tirib olgancha to‘ralik qilayotgan arbob. Momong ustidan sepilgan zaharga qaramay, boshini ko‘tarmay paxta terib, bolasini katta qilgandi. Endi sen oyog‘ing yerdan uzilib, shu xalqqa buyruqbozlik qilasanmi?
Ey sen, chetdan turib o‘zbek nomiga tosh otayotgan “millatdosh”. Otang nomi paxtaga qo‘shib yozadi, deb jinoyatchiga chiqqanida ham andishaga borib “g‘iq” etmagan. Endi sen ana shu andishadan voz kechasanmi?
Ey sen, shou biznes deya ming nag‘maga o‘ynayotgan masxaraboz. Eri afg‘on urushida kimlarningdir manfaati uchun jonini fido qilib, uyga uning tobuti kelganida, o‘zbek ayollariga xos sabot bilan yashagan. Endi sen kliplaring va filmlaring orqali o‘zbegimning ayolini qanday obrazda olib chiqyapsan?
Ey sen, o‘zbek deganda uchinchi darajali millatni tushunadigan chet ellik. Bobom yulduzlarni kashf etgan, harbiy sohani takomillashtirgan, meditsinaga asos solgan. Momom o‘z o‘g‘lini urushga kuzatib, o‘zi paxta maydonida 20 soat ishlagan. Akam dunyodagi g‘alamislarning adabini bergan. Ukam dalada ishlayotgan onasini o‘ylab, qorni to‘ymasada sabr bilan yashagan. Opam va singlim o‘zbekman deb eng qimmat boyligini – nomusini asragan. Endi sen chetdan turib bizga qanday yashash kerakligini o‘rgatasanmi?
Sarvar Anvar o‘g‘li
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar» dasturi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 15:46
-
“Geosiyosiy muammolarni deb o‘zbek mevalarini istaganimizcha ololmayapmiz” – Hindiston elchisi qarorgohidan eksklyuziv suhbat
O‘zbekiston | 15:39
-
«Oilaviy shifokorlar 1500, hamshiralar esa 600–800 dollar oylik oladigan tizim qilamiz» - prezident
O‘zbekiston | 15:23
-
“Bu Coca-Cola'ni kimga ulashmoqchisiz?” degan afsonaviy kampaniya dunyo bo‘ylab o‘zining zafarli yurishini davom ettirib, O‘zbekistonga yetib keldi!
O‘zbekiston | 15:00
Mavzuga oid

17:57 / 29.04.2025
Uch mamlakatning ahilligi timsoli - “Do‘stlik” stelasidan reportaj

21:05 / 27.03.2025
O‘zbekiston oldida turgan 5 ta asosiy xavf-xatar. Ularni qanday yengish mumkin?

15:52 / 21.03.2025
Tramp Mirziyoyevni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi

11:34 / 19.03.2025