18:53 / 11.03.2017
15741

Erdo‘g‘an Niderlandiyaga nisbatan javob choralari qachon qo‘llanilishini aytdi

Niderlandiyadagi Turkiya fuqarolari bu mamlakatning Turkiyaga qarshi rejalarini buzadi, deb ma'lum qildi prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Istanbuldagi mitingda.

Prezident Niderlandiya hukumatining Turkiya TIV rahbari Mevlud Chavusho‘g‘li samolyoti qo‘nishiga ruxsat berishni bekor qilish haqidagi qaroriga izoh berib, hammasi yakunda teskari effektga ega bo‘lishi haqida ogohlantirdi.

Niderlandiya Turkiya tashqi ishlar vaziri samolyotining qo‘nishiga ruxsat bermaslikka qaror qildi

«Turkiya 16 apreldagi konstitutsiyaviy referendumdan so‘ng javob choralarini qo‘llaydi. Anqara sabrli bo‘lishni yaxshi biladi», - deya ta'kidlab o‘tdi Turkiya prezidenti. «Ko‘ramiz, endi sizlarning samolyotlaringiz Turkiyada qanday qo‘nar ekan. Albatta, oddiy fuqarolar haqida emas, balki diplomatlar haqida gapirmoqdaman», - deya aniqlik kiritdi prezident.

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Niderlandiya hukumatining na siyosatdan va na diplomatiyadan xabari bor. «Ular qo‘rqoqlar. Bu qarorlarning barchasi – natsizm va fashizm sarqiti», - deya ta'kidlab o‘tdi Turkiya rahbari.

Erdo‘g‘an Niderlandiya rahbariyatini “fashistlar” deb atadi

Niderlandiya hukumati esa Mevlud Chavusho‘g‘lining samolyotiga qo‘nishga ruxsat bermaslik haqidagi qarorni «jamoatchilik xavfsizligi» va «xavfsizlik choralari» deya oqlagan.

Turkiya tashqi ishlar vaziri mamlakatda yashovchi turklar oldida o‘z mamlakatidagi konstitutsiyaviy islohotga bag‘ishlangan nutq so‘zlashni rejalashtirgandi. 

Turkiya tashqi siyosat idorasi rahbari Niderlandiya hukumati qo‘nishga ruxsat berishni bekor qilsa, Anqara bu mamlakatga nisbatan juda qattiq iqtisodiy va siyosiy sanksiyalarni kiritishi haqida ogohlantirdi.

Top