Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Siemens atom elektstansiyasi uchun ehtiyot qismini 3D-printerda tayyorlab berdi
Sloveniyada Siemens mutaxassislari tomonidan atom elektrstansiyasiga mo‘ljallangan dunyodagi birinchi ehtiyot qismi bosib chiqarildi va o‘rnatildi. Endilikda Krshko AESda yong‘inga qarshi funksional impeller nasos bor bo‘lib, u 3D-bosma texnologiyasi yordamida yaratildi.
Stantsiyada eski qism 1981 yilda o‘rnatilgan bo‘lib, uni almashtirish vaqti allaqachon kelgandi, biroq buni amalga oshirish juda mushkul bo‘lgan, sababi asl ehtiyot qismlarini ishlab chiqaruvchining o‘zi yo‘q. Shuning uchun Siemens muhandislari 3D-texnologiyada virtual nusxani yaratishdi, so‘ngra uni o‘z fabrikalaridan birida bosib chiqarishdi. Impellar tayyorlanganidan keyin, uni bir necha oy davomida sinovdan o‘tkazishdi va ishlashiga ishonch hosil qilishgan. Natija esa ajoyib – bosib chiqarilgan qism o‘z xususiyatlariga ko‘ra asl nusxadan ham yaxshiroq bo‘lib chiqdi.

Siemens kompaniyasi o‘zining bunday bosma zavodini 2009 yilda ishga tushirgan. O‘shanda beri ko‘plab foydali qurimalar taqdim etildi. Masalan, o‘tgan yilda u yerda gaz turbinalari uchun qismlar bosib chiqarildi, so‘ngra ular Chexiyadagi elektrstansiyalaridan birida o‘rnatildi.
Mavzuga oid
09:10 / 07.06.2026
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
16:12 / 05.06.2026
AESda ishlab chiqarilgan 1 kWh elektr narxi 1000 so‘mdan past bo‘ladi - Azim Ahmadxo‘jayev
10:59 / 05.06.2026
O‘zbekistonda quriladigan AES qiymati 9,5 milliard dollardan oshmaydi - "O‘zatom" direktori
08:19 / 05.06.2026