Özbekistonda quriladigan integratsiyalaşgan atom elektr stansiyasi qiymati 9,5 milliard dollargaça yetişi mumkin. Bu haqda Atom energiyasi agentligi (“Özatom”) direktori Azim Ahmadxöjayevga tayanib, Spot xabar berdi.
“Özatom” rahbarining ta’kidlaşiça, yagona infratuzilmadan foydalangan holda, bitta maydonçada ikkita kiçik va ikkita katta reaktorni joylaştiriş formati tanlangan. Bunday yondaşuv xarajatlarni optimallaştiriş imkonini beradi.
“Biz [2026 yil 24 martda] imzolagan şartnomaga muvofiq, bazaviy narximiz 9,5 milliard dollarni taşkil etadi. Bu umumiy, maksimal summadir”, — degan Ahmadxöjayev.
«Özatom» rahbarining qöşimça qilişiça, umumiy qiymatda mahalliylaştiriş darajasi hisobga olinmagan bölib, uni 30 foizgaça yetkaziş rejalaştirilyapti. Bu mahalliy işlab çiqaruvçilarni jalb qilişni nazarda tutadi va loyiha qiymatini pasaytirişi kerak.
“Biz 85−90 foizini [kredit mablağlari şaklida] jalb qilmoqçimiz. „Katta törtlik“ tarkibidagi xalqaro hamkorlarimiz bilan birgalikda olib borgan hisob-kitoblarimizga köra, agar loyihaga şunça miqdorda mablağ kiritilsa, uning budjetga keltiradigan samarasi 165 milliard dollardan oşib ketadi. Turdoş xizmatlar paydo böladi, şuningdek, soliq ajratmalari tuşa boşlaydi. Şu jihatdan loyiha öta samarali hisoblanadi”, — degan Ahmadxöjayev.
AES loyihasi xronologiyasi
Özbekistonda atom elektr stansiyasi quriş haqidagi gap-sözlar keça yoki bugun paydo bölib qolgani yöq. Bu masala 2017 yildan beri turli davralarda muhokama qilib kelinadi. Xususan, 2018 yilning iyul oyida Rossiyaning “Rosatom” kompaniyasi bilan hamkorlikda har biri 1200 megavatt quvvatga ega 2 ta energoblokdan iborat AES quriş böyiça kelişuvga erişilgani ma’lum qilindi. Öşanda stansiyani 2028 yilgaça foydalanişga topşiriş közda tutilgandi.
2018 yilning oktyabr oyida AES uçun Navoiy va Buxoro viloyatlari çegarasidagi Tödaköl suv ombori hududi tanlab olingani haqida xabarlar çiqdi. Bir muddat ötib, Rossiya prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov Özbekistondagi AES loyihasining taxminiy qiymati 11 mlrd dollarga baholanayotganini ma’lum qildi. “Özatom” loyiha töliq işga tuşirilsa, mamlakat energiya ehtiyojlarining 15 foizgaça qismini qoplaşini













