Özbekistonda integratsiyalaşgan atom elektr stansiyasida işlab çiqarilgan elektr energiyasi narxi har kWh uçun 1000 sömdan past böladi. Bu haqda Atom energiyasi agentligi direktori Azim Ahmadxöjayev ma’lum qildi, deya xabar berdi Spot.
“Bizda bosqiçma-bosqiç yondaşuv mavjud. Hozir aniq narx haqida gapirmagan bölardim, lekin şuni aytişim mumkinki, u [elektr energiyasi] uçun joriy tariflarning örtaça parametrlarida”, — degan Ahmadxöjayev.
“Özatom” rahbarining ta’kidlaşiça, tariflarni belgilaşda mamlakat elektr energiyasi bozorining rivojlanişi, jumladan, joriy yilning yanvar oyida e’lon qilingan energetika va kommunal sektorning yagona regulyatorini yaratiş hisobga olinadi.
“Ha, bizda hozirça iqtisodiy hisob-kitoblar bor, lekin birinçi elektr energiyasi yetkazib berila boşlanganda u qanday bölişini aniq ayta olmayman”, — degan Ahmadxöjayev
Spot muxbirining AESda işlab çiqariladigan elektr energiyasi narxi bir kWh uçun 1000−1100 sömdan oşib ketadimi, degan savoliga Özatom rahbari: “Yöq, albatta, undan past böladi”, — deya javob qaytargan.











