Jahon | 16:09 / 11.03.2017
4861
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya YeIga qochqinlar bo‘yicha kelishuvni buzish bilan tahdid solmoqda

Foto: AP

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘li YeI bilan muhojirlik kelishuvi bekor qilinishi mumkin. Bryussel Turkiya fuqarolari uchun vizalarni liberallashtirishdan bosh tortsa, shunday choralar qo‘llanilishi ehtimol, deb xabar qilmoqda Reyter agentligi.

Chavusho‘g‘li CNN Turk telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qilishicha, Turkiya Bryusselga hujjatning so‘nggi namunasini taqdim etishni rejalashtirmoqda. "U yoki bajariladi yoki umuman bekor qilinadi, xususan, viza tartibini liberallashtirish va muhojirlar bo‘yicha kelishuv", — degan vazir. 

YeIga a'zo mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlari 2016 yil mart oyi o‘rtalarida Turkiya bilan migratsiya inqirozini hal qilish bo‘yicha qo‘shma dasturni kelishib olgan edi. Ushub kelishuv doirasida Yevrokomissiya Yevroparlament va YeI kengashiga Turkiya fuqarolari uchun viza cheklovlarini bekor qilishni tavsiya qildi. Biroq, hamon viza tartibi yengillashtirilgani yo‘q. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid