Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chovusho‘g‘luga Fransiyadagi namoyishda ishtirok etishga ruxsat berilgani tanqid qilindi
Fransiya hukumati Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu ishtirokida namoyish o‘tkazilishiga ruxsat bergani tanqid ostiga olindi. Uchrashuv Mets shahrida o‘tgan va mingga yaqin kishini to‘plagan, deb xabar bermoqda AFP.
Chovusho‘g‘lu turk telekanallari orqali namoyish qilingan nutqida unga namoyish o‘tkazishga ruxsat bermagan Niderlandiya nomiga tanqidiy fikrlar bildirgan. Jumladan, u Niderlandiyani "fashizm poytaxti" deb atagan.
Fransiya hukumati mamlakat hududida Chovusho‘g‘lu ishtirokidagi namoyishni o‘tkazishga ruxsat bergani fransuz muxolifati tomondan ko‘plab tanqidlarga uchradi. "Bu vaziyatda Turkiyaning talablarini anglab olish uchun umumiy pozitsiyaga mos ish tutish kerak edi. Fransiya hukumati bu namoyishning o‘tishiga xalaqit berishi kerak edi. Fransua Olland Yevropa birdamligi tamoyilini qo‘pol buzdi", deb aytdi "Respublikachilar" partiyasi vakili Fransua Fiyon.
Chovusho‘g‘lu Niderlandiya va Turkiya o‘rtasida vujudga kelgan siyosiy mojaroga sabab bo‘ldi: Niderlandiya hukumati Chovusho‘g‘lu samolyotiga mamlakatda qo‘nishga ruxsat bermagan.
Mavzuga oid
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
09:45 / 01.07.2026
Fransiyada Shengen vizasi olish tartibi o‘zgardi
08:17 / 30.06.2026
Saida Mirziyoyeva: Fransiya bilan strategik sheriklik yanada mustahkamlanadi
20:54 / 28.06.2026