2016 yilda iste'molchilar foydasiga qancha mablag‘ qayta hisob-kitob qilib berildi?
2017 yil 13 mart kuni O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Aholi bilan ochiq muloqotni kengaytirish, fuqarolar huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishida jamoat tashkilotlarining o‘rni” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazdi.
Federatsiya raisi o‘rinbosari Nodirbek Yusupovning qayd etishicha, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” yilida aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ochiq muloqotni tashkil etish maqsadida har oyning ikkinchi o‘n kunligi markaziy ijro etuvchi apparat rahbariyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy birlashmalari, tuman (shahar) jamiyatlari ijro etuvchi apparatlari raislarining aholi (fuqarolar) bilan muloqot kunlari etib belgilandi.
“Shu bilan bir qatorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy birlashmalari, tuman (shahar) jamiyatlari ijro etuvchi apparatlari (huquqiy himoya bo‘limi, sektorlar va jamiyatlar) negizida “Iste'molchi bilan muloqot” huquqiy maslahatxonalari tashkil etildi”, – deya ta'kidladi N.Yusupov.
Joriy yilning o‘tgan davrida Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari respublikamizning eng chekka hududlarida, korxona, tashkilot, muassasa va mahallalarda aholi (fuqarolar) bilan 278ta muloqot tashkil etdi. Mazkur muloqotlarda gaz ta'minoti, ichimlik suvi, elektr energiyasi, issiqlik manbai, savdo-sotiq, sog‘liqni saqlash va jamoat transporti sohalari bo‘yicha kamchilik va muammolar yuzasidan aholidan tushayotgan murojaatlarga ijobiy yechim topishga erishilmoqda, mutaxassislar ularni qiziqtirayotgan savollariga javob bermoqda.
Shuningdek, Federatsiyaning www.istemol.uz veb-sayti orqali ariza, taklif va shikoyatlarni elektron (onlayn) tarzda qabul qilish yo‘lga qo‘yildi. Joriy yil boshidan beri ushbu virtual qabulxonaga iste'molchilardan 65ta murojaat kelib tushib, ular o‘z vaqtida yechimini topdi. Bundan tashqari, Federatsiya tizimida fuqarolarning murojaatlari yagona 1091 ishonch telefoni orqali ham qabul qilinmoqda.
Qayd etilishicha, 2016 yilda Federatsiya, uning hududiy tuzilmalari va tuman (shahar) jamiyatlariga iste'molchilardan jami 9 908ta (6 407ta – 64,7 foiz) yozma, 3 501ta – 35,3 foiz) og‘zaki, ishonch telefoni va elektron (onlayn) ariza (taklif va shikoyat) kelib tushdi.
Alohida qayd etish lozimki, mazkur ariza va shikoyatlarning 9 222tasi, ya'ni, 93,1 foizi ijobiy hal etilishi natijasida, iste'molchilar foydasiga jami 3 860 414,8 ming so‘m yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berildi.
Matbuot anjumanida Federatsiya faoliyatiga oid boshqa ko‘plab mavzularda ham savol-javoblar bo‘ldi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 2002 yilda tashkil etilgan nodavlat notijorat tashkilotidir. Bugungi kunda uning tizimida 14ta hududiy birlashma, 193ta tuman (shahar) jamiyati mavjud bo‘lib, mahalla, korxona, tashkilotlar va muassasalarda 6000dan oshiq tayanch guruhi tashkil etilgan va ularga 500 mingdan oshiq kishi a'zo.
Mavzuga oid
16:33 / 25.11.2024
O‘zbek ayollarini haqoratlagan turkiyalik stendapchi: unga qarshi Istanbul prokuraturasiga ariza topshirilgan
11:05 / 21.11.2024
Qimmat sotilgan dorilar tufayli iste’molchilarga 7 mlrd so‘m qaytarildi
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024