Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR yana bir bor tahdid qildi
Shimoliy Koreya o‘ziga qarshi tajovuzkorlik qilganlarni ayamay jazolashga va'da bermoqda.
Hozirda AQSh va Janubiy Koreya harbiylari birgalikda harbiy mashqlar o‘tkazishmoqda. Bu holatdan g‘azablangan rasmiy Pxenyan, agar mazkur mashg‘ulotlar davomida Shimoliy Koreya hududiga hattoki bitta dona raketa kelib tushadigan bo‘lsa, dushmanlarining harbiy poligonlarini chiqindixonaga aylantirishi haqida ogohlantirmoqda.
Shimoliy Koreya mahalliy axborot vositalarining ma'lumot berishicha, AQShning yangi ma'muriyati, xuddi avvalgilaridek, Shimoliy Koreyani yadroviy shantaj qilishdek ma'nosiz siyosatini davom ettirmoqda va shuning uchun Vashington Pxenyanga nisbatan sovuq siyosatini o‘zgartirsa, vaziyat ijobiy tarafga o‘zgarishi ehtimoldan xoli emas.
Ta'kidlash kerakki, Shimoliy Koreyada so‘nggi paytlarda o‘rta va qisqa masofali kallakli raketalarni sinovdan o‘tkazish avj oldi. Bu o‘z navbatida jahon hamjamiyatining xavotirlarini kuchaytirib yubordi. Shu bois AQSh ham Janubiy Koreya, Koreya yarim orolida favqulodda vaziyatlarda qurolli kuchlarni shay holatga keltirishga qaratilgan Key Resolve deb nomlangan harbiy mashg‘ulotlarni boshlab yuborgan.
Mavzuga oid
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
08:55 / 26.03.2026
Lukashenko ilk bor KXDRga tashrif buyurdi
23:21 / 24.03.2026
KXDR Konstitutsiyasi o‘zgartirildi – uning nomidan «sotsialistik» so‘zi olib tashlandi
12:45 / 23.03.2026