Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
15 nafar bolani asrab olgan erkak ularga shilqimlik qilgani ma'lum bo‘ldi
Fransiyaning Sena va Marna departamentida kamida 15 nafar bola asrab olingan oilada zo‘ravonlikka duch kelgan, deb yozmoqda Parisien gazetasi.
Gazetaning yozishicha, o‘tgan hafta sud 55 yoshli oila boshlig‘i Paskal A.ga o‘z qaramog‘idagi bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikni sodir etganlikda ayblovlar qo‘ydi. U o‘z aybini rad etmoqda.
Uning rafiqasi Kler A. “shilqimlik qilishning ko‘plab holatlarida shaxsan bo‘lganini” tan oldi. Ayni damda asrab olgan ona bu vaziyatni yashirgani uchun yuridik kuzatuv ostida.
Nashrning xabar berishicha, er-xotinlar departament ijtimoiy xodimlari assotsiatsiyasi tashkilotchilari sanaladi.
2010 yilda Paskalga nisbatan xuddi shunday gumon bilan surishtiruv ishi ochilgandi. Politsiyaning aniqlashicha, vasiylik kengashi tergovdan mustaqil ravishda Paskalning xatti-harakati borasida qator hisobotlarni tayyorlagan. Biroq bu sud jarayoniga olib kelmagan.
2016 yilning yozida esa Paskal ijtimoiy xodim lavozimida olti nafar bolaga nisbatan shilqimlik qilgani bo‘yicha dastlabki surishtiruv boshlandi.
Departament prokuraturasi ushbu holat bo‘yicha hech qanday izoh bermadi.
Mavzuga oid
14:45 / 14.01.2026
Le Pen apellyatsiyasi: prezidentlik saylovi masalasi sudda hal bo‘ladi
13:37 / 14.01.2026
Germaniya, Fransiya, Italiya va Britaniya Eron elchilarini TIVga chaqirdi
23:23 / 10.01.2026
Fransiya AQShdagi UFC turniri sababli G7 sammiti muddatini o‘zgartirdi
13:13 / 10.01.2026