Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hasharda 22 milliondan ortiq kishi ishtirok etdi
O‘zbekistonda 11-12 mart kunlari o‘tkazilgan umumxalq xayriya hasharida 22 milliondan ortiq kishi ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi asosida mart-aprel oylari mamlakatimizda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyligi deb e'lon qilindi. Uning doirasida 11-12 mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi.
Umumxalq hashari O‘zbekistonning barcha hududlari, qishloqlar, mahallalar, tashkilot va muassasalarida tashkil etildi.
Hashar kunlari qirq sakkiz ming gektardan ziyod maydonda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan. O‘ttiz ikki ming kilometr ariq-zovurlar, lotoklar tozalanib, ziyoratgoh va qabristonlar tartibga keltirilgan.
Bundan tashqari, hashar kunlarida qariyb yigirma ikki million tup daraxtga shakl berilib, oqlangan. Yigirma to‘rt million tup mevali, manzarali daraxt ko‘chati, o‘n yetti million tup gul ekilgan.
Mavzuga oid
13:42 / 31.03.2026
O‘zbekistonda 2026 yil boshida qanday avtomobillar sotildi?
13:09 / 31.03.2026
2025 yilda O‘zbekistonda real ish haqining o‘sishi tezlashdi
15:37 / 25.03.2026
John Deere O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin
18:39 / 20.03.2026