Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa sudi ish joyida hijob kiyib yurishga qo‘yilgan taqiqni qonuniy deb topdi
Lyuksemburgdagi Yevropa sudi ish beruvchilarga musulmon xodimalarga ish joyida hijob kiyishni taqiqlashiga ruxsat berdi, deb xabar bermoqda Bi-bi-si.
Bunday qaror Fransiya va Belgiyadan bo‘lgan ikki ayolning da'vo arizasidan so‘ng chiqarildi, ular ish joyida hijobni yechishdan bosh tortganliklari uchun bo‘shatilgan.
Sud qarori diniy kiyimlarga faqatgina kompaniyaning ichki qoidalarida belgilab qo‘yilgan bo‘lsa, masalan, barcha xodimlar neytral kiyimni kiyib yurishlari haqidagi nizomda yozilgan bo‘lsa, taqiqlashni nazarda tutgan.
Yevropada musulmonlar kiyimini taqiqlashga bir necha bora urinib ko‘rishdi. 2016 yilning avgustida Fransiyaning Kann shahri hokimi sohilbo‘yida musulmonlarning yopiq cho‘milish kiyimi – burkini kiyib yurlishini taqiqladi. Keyinchalik mamlakat oliy sudi bu qarorni bekor qildi.
Mavzuga oid
08:50 / 26.06.2026
YeI Rossiya harbiylari uchun kirishni taqiqlamoqchi
17:36 / 24.06.2026
Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda migrantlar uchun markaz tashkil etishi mumkin - OAV
10:40 / 18.06.2026
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
09:45 / 18.06.2026