Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda avtomobillarni olib qochish holatlari ortgan
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida Oliy Majlis Senati huzuridagi Ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi borasidagi faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha komissiyaning viloyat hududiy komissiyasi tomonidan shaharda olib borgan o‘rganishlari natijasi muhokama etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshevning ma'lum qilishicha, Samarqand viloyati hududiy komissiyasi tomonidan 10 kun davomida Samarqand shahar ichki ishlar boshqarmasining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida aniqlanishicha, Samarqand shahrida ayrim jinoyatlar kamaygan bo‘lsa-da, qotillik, qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish, talonchilik, firibgarlik, o‘g‘irlik va avtotransport vositasini olib qochish holatlari oshgan. 122 mahallada jinoyatlar qayd etilgan. Muqaddam sudlanganlar tomonidan takroran jinoyat sodir etilishi ham ko‘paygan.
Sessiyada ichki ishlar idoralari, mahalla va ta'lim muassasalari hamkorligini mustahkamlash, voyaga yetmaganlarning noqonuniy ravishda chet elga chiqib ketishining oldini olish, yoshlar, xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va turli huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish lozimligi ta'kidlandi.
O‘rganish davomida qayd etilgan kamchiliklar yuzasidan mutasaddi idoralar rahbarlari va mas'ul xodimlarning axborotlari eshitildi. Shaharda jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarining oldini olish, bu borada aholining huquqiy madaniyatini oshirish yuzasidan tavsiyalar bildirildi.
Mavzuga oid
15:30 / 03.02.2026
Samarqandda kuniga 500 tonna chiqindi saralaydigan stansiya quriladi
10:53 / 29.01.2026
Samarqandda yollanma qotil orqali tanishini o‘ldirmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi
10:30 / 29.01.2026
Samarqandda tabiatga 422 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi
14:43 / 28.01.2026