Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda ikki yigit nafaqaxo‘r ayolni kaltaklab, buyumlarini o‘g‘irlab ketdi
Sirdaryo tumanida 2 noma'lum shaxs yuzlariga niqob kiygan holda U.Xodjayev ko‘chasida yashovchi, nafaqaxo‘r, 1953 yilda tug‘ilgan ayolning uyiga bostirib kirib, uni urib, tan jarohati yetkazib 230 ming so‘m puli, sariq metaldan yasalgan zargarlik buyumi va “Nokiya” rusumli mobil telefonini olib voqea joyidan yashiringanlar. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Sirdaryo tumani Malek SIU Intilish MFYda yashovchi, muqaddam sudlangan 1989 va 1991 yilda tug‘ilgan shaxslar sodir ekanligi aniqlanib ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 164-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda ushbu jinoyatni sodir etish sabablarini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:44 / 04.03.2026
Sirdaryoda tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 10 trillion so‘m ajratiladi
19:33 / 03.03.2026
Markaziy Osiyoda bu yil sug‘orish suvi zaxiralari kam bo‘lishi mumkin
09:41 / 03.03.2026
Toshkent va Sirdaryoda narkojinoyatlar zanjiri fosh etildi
13:44 / 26.02.2026