12:32 / 15.03.2017
8505

Saudiya Arabistoni bayonotidan so‘ng neft narxi qimmatlashdi

Foto: AP

Saudiya Arabistonining jahon neft bozorini barqarorlashtirishga sodiqligi haqida bayonoti fonida neft qimmatlashmoqda.

Londonning ICE Futures birjasida Brent neftining maydagi fyucherslari qiymati Toshkent vaqti bilan 10:10da 0,71 dollarga oshdi hamda bir barrel uchun 51,63 dollarni tashkil etdi. Seshanba kuni bozorning yopilishiga fyucherslar narxi keskin pasaydi – bir barrel uchun 50,92 dollar.

Nyu-York tovar birjasidagi elektron savdolarda WTI nefti fyuchersi bu vaqtga kelib 0,79 dollarga qimmatlashdi – bir barrel uchun 48,51 dollar. Shartnoma 0,68 dollarga arzonlashdi – avvalgi sessiya yakuniga ko‘ra, bir barrel uchun 47,72 dollar.

OPeK tomonidan kuni kecha e'lon qilingan ma'lumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni tomonidan joriy yilning fevral oyida neft qazib olish sutkasiga 263 ming barrelga oshgan – sutkasiga 10 million barreldan ko‘proq. Biroq bu OPeK davlatlari tomonidan neft qazib olish hajmini qisqartirish bo‘yicha kelishuv doirasida belgilangan ko‘rsatkichdan pastroq bo‘lib qolgan.

OPeK davlatlari fevral oyida umumiy hisobda qazib olish hajmini sutkasiga 140 ming barrelga qisqartirishdi – sutkasiga 31,958 million barrel.

Saudiya Arabiston energetika vazirligining seshanba kuni ma'lum qilishicha, davlat avvalgidek jahon neft bozorini barqarorlashtirish tarafdori.

"Saudiya Arabistoni bozor ishtirokchilarini jahon neft bozorini barqarorlashtirish tarafdori bo‘lib qolayotgani haqida xabardor qiladi. OPeK a'zolari va a'zo bo‘lmaganlar bilan yaqin o‘zaro harakatlar amalga oshirilmoqda", - deyiladi bayonotda.

Vazirlikning xabar berishicha, fevralda jahon bozoriga neft yetkazib berish hajmini sutkasiga 90 ming barrel – 9,9 mln. barrelga qisqartirgan, qolgan qazib olingan neft esa qirollik omborxonalariga yuborilgan.

Top