Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuelada gumanitar inqiroz e'lon qilindi
Venesuelada muxolifat ko‘pchilikni tashkil qilgan Milliy assambleya (parlament) bir ovozdan mamlakatda gumanitar inqiroz yuzaga kelgani to‘g‘risida rezolyutsiya qabul qildi. Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazilishidagi muammolar bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazish uchun komissiya tuzish loyihasi ma'qullangan.
Parlament rahbari Hulio Borxesning so‘zlariga ko‘ra, hukumat venesuelaliklar tushib qolgan falokatli vaziyatni yashirishga urinmoqda.
"Mamlakatda gumanitar sohada favqulodda holat yuzaga kelganini hukumat e'lon qilishi mantiqliroq bo‘lardi, ammo ular haqiqatni yashirishga urinmoqda", deya Borxesning so‘zlarini keltirgan Nacional portali.
Milliy assambleya rahbari parlament hukumatdan mamlakatdagi qashshoqlik va ochlik muammolarini hal etish maqsadida xorijdan yordam kelishi uchun maxsus gumanitar kanal ochishni talab qiladi.
Qayd etish kerakki, bu parlament gumanitar sohada ikkinchi marta favqulodda holat e'lon qilishidir. 2016 yilning fevralida ham, aprelda ham parlament a'zolari oziq-ovqat vaziri Rodolfo Marko Torresning iste'fosi uchun ovoz bergandi va oziq-ovqat tanqisligida uni ayblagandi.
Venesuelada neft narxi arzonlashuvi ortidan yuzaga kelgan inflyatsiya va davlat daromadlari kamayishi, shuningdek, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hukumat o‘rtasidagi uzilish tufayli oziq-ovqat tovarlari defitsiti kuzatilmoqda.
Mavzuga oid
08:28 / 02.07.2026
Venesuelada yetti kunlik motam e’lon qilindi
15:38 / 01.07.2026
Venesueladagi zilziladan olti kun o‘tib, 3 yoshli bola vayronalar ostidan tirik qutqarildi
08:55 / 30.06.2026
Venesuelada zilzila qurbonlari soni 1700 nafardan oshdi
09:37 / 29.06.2026