Fan-texnika | 20:44 / 16.03.2017
7437
3 daqiqa o‘qiladi

Beeline “Uchinchi avlod-2017” tashqi ta'lim dasturi boshlangani haqida xabar berdi

Aloqa operatori Beeline Make Your Mark (“O‘z izingni qoldir”) global ijtimoiy tashabbusi doirasida “Uchinchi avlod-2017” tashqi ta'lim dasturi boshlangani haqida xabar beradi. 

Ikki yil avval “Uchinchi avlod” Make Your Mark loyihasining ilk dasturi sifatida tanlangan edi. 2017 yilda dasturning IX mavsumida 2009 yildan shu kunga qadar ishtirokchilarning eng ko‘p soni qabul qilinadi: 22 kishi Beeline‘ning tijorat direksiyasi, texnik direksiyasi, axborot texnologiyalari direksiyasi, jamoa bilan ishlash va tashkiliy rivojlantirish direksiyasi, shuningdek, Beeline‘ning strategik loyihalari direksiyasida amaliyot o‘tash ochilgan. 

Voqeani sharhlar ekan, Unitel‘ning jamoa bilan ishlash va tashkiliy rivojlantirish bo‘yicha direktori Sofiya Gaynutdinova shunday dedi: “Sakkiz yil avval joriy etilgan “Uchinchi avlod” dasturi ayni paytgacha ta'lim va ish bilan ta'minlash sohasidagi biznesning ochiq-oydinligining eng yorqin namunalaridan biridir. Yil sayin, Veon guruhining transformatsiyasini ahamiyatga olgan holda, amaliyot dasturida digital-mezon kuchayib bormoqda, bu esa talabalarga jahon darajasidagi kompaniyada kerakli bilim va malaka olishlariga ko‘mak beradi”. 

Yaqin kunlarda bir necha oliy o‘quv yurtlarida Beeline mutaxassislari “Uchinchi avlod-2017” bo‘yicha qator taqdimotlar o‘tkazadilar. Dasturning saralash bosqichlariga Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkentdagi Vestminster universiteti, Toshkentdagi Moskva davlat universiteti, Inha universiteti, Cingapur menejmentni rivojlantirish instituti, Turin politexnik universiteti, shuningdek, boshqa oliy o‘quv yurtlari talabalari taklif etildi. 

Amaliyot natijalari bo‘yicha eng muvaffaqiyatli talabalarga oliygohdagi o‘qish bilan kelishtirilgan holda individual ish tartibi, kelajakda esa – Beeline‘da doimiy ish o‘rni taklif qilinadi. "Uchinchi avlod" doirasida amaliyot o‘tash 2017 yilning iyun-avgust oylariga rejalashtirilgan. 

Make Your Mark tashabbusi 2014 yilning dekabr oyida joriy etilgan bo‘lib, VimpelCom‘ning korporativ ijtimoiy majburiyatlari strategiyasining asosiy elementi hisoblanadi. Uning maqsadi - yoshlarga kelajaklarini barpo etishda yordam berish, ularga texnologik asbob-uskunalar, tajriba va bilim, ta'limni kengaytirish, porloq kelajaklari yo‘lidagi to‘siqlarni o‘tishda yordam berish.

Mavzuga oid