Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Floyd Meyvezer Chechenistonga tashrif buyurdi
15 mart kuni Moskva viloyatida o‘z nomidagi akademiyani ochgan, afsonaviy amerikalik bokschi Floyd Meyvezer 16 mart kuni Checheniston poytaxti Grozniyda bo‘ldi va "Axmat" jang klubiga tashrif buyurdi.

Bokschi Moskvada bir kun bo‘lib, Jukovkadagi akademiyasida rossiyalik bokschilarga master-klass bergan. Bokschi Checheniston rahbari Ramzan Qodirov taklifiga ko‘ra Moskvadan Grozniyga yo‘l olgan. Meyvezer "Axmat" klubiga tashrif buyurishdan oldin respublika rahbariyati bilan tushlik qilgan.

Shuningdek, mehmon uchun Ramzan Qodirovning farzandlari ko‘rgazmali jang o‘tkazishgan. Bokschi ularni munosib baholagan.
Tushlikdan keyin bokschi ishtirokidagi delegatsiya "Axmat" klubiga yo‘l olgan. Bu yerda amerikalik uchun ekskursiya uyushtirilgan. Unga mashg‘ulot jarayoni va qo‘lga kiritilgan unvonlar namoyish qilingan. Jahon sporti afsonasiga aylangan bokschi bunday qabuldan keyin "Axmat – kuch" ("Axmat — sila") degan iborani yodlab olgan.

Ta'kidlash joizki, Meyvezer Moskvada bergan matbuot-anjumanida UFC chempioni Konor Makgregor bilan joriy yilda jang o‘tkazishga tayyorligini yana bir marotaba aytib o‘tgan. Bokschi mehmonxonaga qaytgach esa unga tayyorlab qo‘yilgan "syurpriz"ni ko‘rgan: xonada bokschini ikki yildan beri uning qaramog‘ida bo‘lgan ikkita yo‘lbars kutib turgan edi.


Mavzuga oid
14:47 / 12.01.2026
Ukraina razvedkasi: Qodirovning sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli Kreml unga voris izlamoqda
19:43 / 04.01.2026
Qodirov omma oldida hassa tutgan holda ko‘rinish berdi
02:36 / 06.12.2025
Dronlar Chechenistondagi «Grozniy-Siti» kompleksiga hujum qildi
14:53 / 12.11.2025