Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Giyohvand moddasini uyida saqlagan bir guruh toshkentlik qo‘lga olindi
Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi tomonidan giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi olib borilayotgan tadbirlar doirasida o‘z xonadonida marixuana giyohvandlik moddasini saqlayotgan fuqarolar aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIB Kun.uz'ga ma'lum qilmoqda.
Poytaxtning Yunusobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida 1972 yilda tug‘ilgan, muqaddam narkotik moddalari noqonuniy savdosi uchun jazo o‘tab chiqqan, Mutalov Shoxrux Muxiddinovich, 1964 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, Yuldashev Faxriddin Mamarajabovich hamda 1983 yilda tug‘ilgan, Mirzayev Abdurasul Abduxalilovichlar qo‘lga olinib, ularning yonidan va yashash xonadonidan jami
299 gramm marixuana giyohvandlik vositasi daliliy ashyo sifatida olingan.
Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi, ya'ni giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish bilan jinoyat ishi qo‘zatilib, barcha shaxslarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Mavzuga oid
10:00 / 08.07.2026
Eng ko‘p talaba Toshkent shahrida tahsil olmoqda
18:48 / 06.07.2026
Toshkentda uy xizmatchisi 91 yoshli ayolni qiynab kelgani aniqlandi
11:10 / 01.07.2026
Toshkentda Tracker va BYD ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
09:30 / 23.06.2026