Jahon | 15:36 / 16.03.2017
11805
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada poraning o‘rtacha miqdori qancha ekani ma'lum

2016 yilda Rossiyadagi poraning o‘rtacha miqdori yil nisbatida 75 foizga oshdi va 328 ming rublni tashkil etdi. Bu haqda Rossiya IIVning iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurash bosh boshqarmasi boshlig‘i, politsiya general-mayori Andrey Kurnosenko «Kommersant'» gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«[Poraning o‘rtacha miqdori] 328 ming rublga teng, bu 2015 yil bilan solishtirganda 75 foizga ko‘proq. Biroq noqonuniy mukofotlash hajmi ancha ko‘proq», - dedi u.

Politsiya zobitining ta'kidlashicha, bir yil davomida mahkama tomonidan yirik korrupsiya jinoyatlari miqdori 21 foizga oshdi, ulardan qariyb 43 mlrd. rubllik zarar yetgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, yil sayin mamlakatda korrupsiya sxemalari rivojlanmoqda.

«Berkitishning yangi uslublari, pora va uni berish ko‘rinishi o‘zgarmoqda. Ko‘p vaziyatlarda ofshorlar, uchinchi shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan firmalar, turli elektron to‘lov tizimlari, nomoddiy xizmatlar ko‘rinishidagi poralar kuzatilmoqda, ular olinganini isbotlash ancha mushkul», - deya aniqlik kiritdi politsiya generali.

Uning ta'kidlashicha, 2016 yilda xizmat bo‘linmalari tomonidan iqtisodiy ko‘rinishdagi 69 mingta jinoyatlar aniqlangan hamda ulardan yetgan moddiy zarar 298 mlrd rublni tashkil qilgan, bu bir yil avvalgi ko‘rsatkichdan 37 foizga ko‘proq. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid