Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Qozog‘istondan yiliga bir necha million tonna neft sotib olishi mumkin
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostonada Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda Qozog‘istondan Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi (NQIZ) uchun neft sotib olish imkoniyatini muhokama qiladi.
"Prezidentlar uchrashuvida Farg‘ona NQIZga neft eksport qilish muhokama qilinadi. Biz hozirda O‘zbekistonga yiliga 170-200 ming tonna neft yetkazib bermoqdamiz, biroq ular tomondan 2 mln tonna so‘ralmoqda", deb aytgan Qozog‘iston energetika vaziri Kanat Bo‘zumbayev Informburo.kz portaliga bergan intervyusida.
Bo‘zumbayevning aytishicha, Qozog‘iston O‘zbekiston yaxshi narx taklif qilsa, bunga rozi bo‘lishga tayyor.
O‘zbekistonda neft xom ashyosini qayta ishlash uchta yirik NQIZda olib boriladi.
Mavzuga oid
08:20 / 20.05.2026
O‘zbekiston suv iste’moli yuqori davlatlar reytingiga kirdi
18:32 / 15.05.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston bojxonachilari chegara postlaridagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
09:39 / 11.05.2026
Jahonda neft tanqisligi bir milliard barrelga yetdi
22:20 / 09.05.2026