O‘zbekistonda 3D o‘lchamli kitoblar chop etila boshlandi

O‘zbekistonda yoshlarning kitobga bo‘lgan e'tibori, mutolaa madaniyatini oshirish borasida “O‘zbekiston matbuoti” milliy forumi va ko‘rgazmasi, uning doirasida “Bolalar adabiyoti” ko‘rgazmasi, “Adabiyotga e'tibor – ma'naviyatga, kelajakka e'tibor” shiori ostida “Kitob bayrami” tadbirlari va “Kitob – millatning bebaho ma'naviy va madaniy merosi” mavzuidagi ilmiy-amaliy konferensiya, “Sog‘lom va ma'naviy yetuk avlod – yurt kelajagi!” shiori ostida “Bolalar kitobi” festivallari an'anaviy o‘tkazilmoqda.
Yaqindan O‘zbekistonda innovatsion texnologiya asosida 3D o‘lchamli kitoblar ham chop etila boshlandi. Bu loyiha O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi va “Colar Technology” mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, noshirlik sohasida yangilikdir. Bu loyiha dunyoning sanoqli mamlakatlari tajribasidan o‘tgan.
Buyurtma asosida kitob do‘konlariga yetkazib berilayotgan bu noshirlik mahsuloti bolalarni kitob dunyosiga yetaklashda o‘ziga xos xususiyatga ega. O‘zbek, rus va ingliz tillarida bo‘lgan 3D o‘lchamli kitob xarid qilingandan so‘ng uyali telefonda maxsus dastur yuklab olinadi. Dasturdagi skretch-kod faollashtirilib, kitobdagi rasmlarni ehtiyotlik bilan konturlardan chetga chiqmasdan bo‘yash lozim. Undan so‘ng tasvir ustiga smartfon yoki planshetni olib borasiz. Shu ondayoq monitorda bo‘yalgan rasm harakatlanib, so‘zlashga tushadi. Jonlangan rasm bilan suratga tushib, tayyor fotoni elektron jo‘natish mumkin. Hozir bu kabi kitoblar “Bizning kasblarimiz”, “Hayvonot olamida” va “Sevimli qahramonlar” kabi ruknlarda tayyorlanmoqda. “O‘zbek xalq ertaklari” rukni ostida ham bu kabi innovatsion noshirlik mahsulotini yaratish ustida ish olib borilmoqda.
Nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan “Maktab adabiyoti xrestomatiyasi” ruknida maktab darsliklariga kiritilgan o‘zbek va jahon adiblarining 44 nomdagi asarlari nashr etildi. Bu kitoblarda o‘zbek va jahon adabiyotining yorqin namoyandalari qalamiga mansub sara asarlar joy olgan. “Jahon bolalar adabiyoti” ruknida ham 10 jildli kitoblar nashrga tayyorlandi. 2017 yil davomida bu rukndagi kitoblarning yana besh jildi chop etiladi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tutanxamon xazinasining bir qismi yangi muzeyga ko‘chirildi
Jahon | 02:18
-
Meksika Google korporatsiyasini sudga berdi
Jahon | 00:27
-
“Harvard bu raundni yutdi”: universitet AQSh ta’lim vazirining xatolarga to‘la xatini tekshirib, o‘ziga qaytarib yubordi
Jahon | 00:01
-
Britaniyada uchuvchi o‘ng va chapni adashtirib yuborgani uchun samolyotda yong‘in chiqdi
Jahon | 23:57 / 09.05.2025
Mavzuga oid

14:12 / 09.05.2025
O‘zbekiston va BAA turizm sohasida kadrlar tayyorlashni boshlaydi

17:57 / 29.04.2025
Uch mamlakatning ahilligi timsoli - “Do‘stlik” stelasidan reportaj

21:05 / 27.03.2025
O‘zbekiston oldida turgan 5 ta asosiy xavf-xatar. Ularni qanday yengish mumkin?

15:52 / 21.03.2025