Kremlda “DXR” va “LXR” pasportlari nima sababdan tan olinganini tushuntirib berishdi
Kreml Rossiyada “DXR” va “LXR” hujjatlarini tan olish haqidagi qarorni bekor qilish vaqti keldi deb hisoblamayapti. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.
Avvalroq Rossiyaning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotidagi doimiy vakili Aleksandr Lukashevich Moskva “DXR” va “LXR” hujjatlarini tan olish haqidagi qarorni, agarda Kiyev Minsk kelishuvlarini to‘la hajmda bajarsa, bekor qilishi mumkinligini ma'lum qilgandi.
"Yo‘q, bunday hisoblamayman. Bu chora majburiy va Moskva birinchi navbatda gumanitar masalani ko‘zda tutgan. Afsuski, vaziyatning rivojlanishi hozircha bu yo‘nalishda qabul qilingan qarorlarning to‘g‘riligini ko‘rsatmoqda", - deya aytib o‘tdi Peskov jurnalistlarning Kremlda bu qaror oqibatlari juda ham salbiy bo‘lgani va bekor qilish vaqti kelgan, deb hisoblashayotgani haqidagi savoliga qaytarib.
"Mamlakat – bu holatda Ukraina – o‘zidan o‘z mintaqalarini qat'iyat va ketma-ketlik bilan rad etayotgani, shu tariqa, millionlab o‘z fuqarolarini ijtimoiy ta'minotsiz, bank ta'minotisiz, tibbiy ta'minotsiz, yuridik va hujjat ta'minotisiz yashashga duchor qilayotgani, albatta, misli ko‘rilmagan vaziyatdir", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Peskov.
Rossiya rahbari matbuot kotibining ta'kidlashicha, Ukraina “o‘zining hududiy yaxlitligini qasddan buzmoqda”, biroq, bu millionlab fuqarolar hech qanday yordamsiz yashashi kerak, degani emas.
"Rossiya bu holatda, albatta, ularni gumanitar yordam, gumanitar ko‘maksiz qoldira olmaydi", - dedi u.
Bundan tashqari, Peskovning aytishicha, Rossiyada “DXR” va “LXR”ni mamlakat tarkibiga kiritishning ehtimoliy imkoniyati borasida yozma ssenariylar yo‘q.
"Yo‘q, bunday yozilgan ssenariylar yo‘q. Jamoatchilik fikrida turli munozaralar ro‘y bermoqda, Donbass vakillarining bu vaziyat yuzasidan bildirgan fikrlarini yaxshi bilasiz, biroq bu borada qandaydir yozma ssenariylar yo‘q. Aynan shuning uchun biz mamlakat o‘zidan juda katta mintaqasini rad etishini xavotir bilan kuzatmoqdamiz", - dedi Peskov shu masalaga oid savolga javob qaytarib.
"Albatta, bizning tashvishimiz fojiali hodisalar chegaralarimiz yaqinida ro‘y berayotgani bilan bog‘liq", - deya ta'kidlab o‘tdi u.
Tavsiya etamiz
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiyada mehmonxonada sodir bo‘lgan yong‘in qurbonlari soni 76 kishiga yetdi
Jahon | 12:06
-
Tramp: AQSh sun’iy intellektni rivojlanishiga 500 mlrd dollargacha sarmoya kiritadi
Jahon | 12:00
-
“Pulni savatga qo‘y va ketaver” – IIB xodimlari Registonga borgan sayyohdan 50 ming so‘m so‘radi
O‘zbekiston | 11:52
-
Tramp Yevropa Ittifoqi va Xitoyga yangi bojlar bilan tahdid qilmoqda
Jahon | 11:15
Mavzuga oid
21:16 / 21.01.2025
Xavfsizlik kafolati bo‘lmasa, Putin 10 barobar kuchli armiya bilan qaytadi - Zelenskiy
20:22 / 21.01.2025
Tramp: Putin Ukraina bo‘yicha kelishuvga erishmay Rossiyani yo‘q qilmoqda
22:45 / 20.01.2025
Ukrainada Xarkiv mudofaasini ta’minlay olmagan ikki general hibsga olindi
20:22 / 20.01.2025