Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoro viloyati oliy ta'lim muassasalarida “Navro‘z” sayli boshlandi
Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti Buxoro filialida “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan “Qadriyat, urf-odat, an'ana” shiori ostida sayl bo‘lib o‘tdi. Bayram saylida 1250 kishi ishtirok etdi.
Bayram dasturi doirasida Navro‘z ruhi aks ettirilgan badiiy chiqishlarda xalq laparlari, sumalak sayli, muchal to‘yi, yor-yor, muxammasxonlik, yomg‘ir chaqirish, beshikka bog‘lash marosimlarida talabalarning chiqishi shodiyonaga aylanib ketdi. “Milliy sport o‘yinlari” tanlovida arqon tortish, tosh ko‘tarish, kurash, besh tosh kabi tarixi asrlarga teng o‘yinlar yoshlarga zavq-shavq bag‘ishladi.
Saylda kafedralarning “Osh tanlovi”, akademik guruhlarning “Bayramona bezatilgan “Navro‘z” dasturxoni”, “Milliy liboslar”, “Varrak uchirish” tanlovlari o‘tkazildi.
Shuningdek, sumalak, halim, osh, ko‘k somsa, tuxumbarak, ko‘k chuchvara kabi milliy taomlarning tayyorlanishida talabalarning bevosita ishtiroki ularda milliy an'analarimizga sadoqat ruhini uyg‘otdi.
Saylda Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev, O‘zbekiston va Turkmaniston xalq artisti Bobomurod Hamdamov, Oliy Majlis Senati a'zosi, Buxoro xalqaro aeroporti direktori Tohir Bahronovlar ishtirok etib, Navro‘p bayrami bilan tabriklashdi.
Ayniqsa sevimli san'atkorimiz Bobomurod Hamdamov tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar sayl ishtirokchilariga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.
Bugungi sayl yoshlarimizda miliy qadriyatlarimizning bardavomiyligini ta'minlashga xizmat qildi.
Zero, Navro‘z elimizda obodlik, tinchlik-totuvlik, millatlaro ahillik, bag‘rikenglik ramzi, qalblarimizda ezgulik uyg‘otadigan haqiqiy sharqona bayramdir. Navro‘z shukuhi va shodiyonalari davom etmoqda.
Mavzuga oid
11:16 / 31.01.2026
Buxoroda ko‘p kvartirali uy portladi
18:49 / 24.01.2026
Mahallani rivojlantirish milliy instituti tashkil etiladi
09:37 / 10.01.2026
Soxta akkaunt bilan pul undirgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
21:15 / 11.12.2025