Xitoy KXDR bo‘yicha olti tomonlama muzokaralarni tiklashga chaqirdi
Xitoy tashqi ishlar vazirligi rahbari Van I Xitoyda bo‘lib turgan AQSh davlat kotibi Reks Tillerson bilan uchrashuvda KXDR bilan olti tomonlama muzokaralarni tiklashga chaqirdi hamda Koreya yarim oroli muammosining tub mohiyati Vashington va Pxenyanning ziddiyatiga aloqadorligini aytib o‘tdi.
"Shuni ta'kidlab o‘tishni istardimki, BMTning KXDR bo‘yicha barcha rezolyutsiyalarining har biri qattiq sanksiyalarni ko‘zda tutganiga qaramay, ular shuningdek yarim orolda barqarorlikni ta'minlash va vaziyat keskinlashishini kamaytirish uchun olti tomonlama muzokaralar tiklanishi uchun sharoitlar yaratishga ham qaratilgan. Bu barcha mamlakatlarning sanksiyalarni bajarishi hamda shu bilan birga, muzokaralarni tiklash bo‘yicha majburiyati", - deya ma'lum qildi Van I Tillerson bilan muzokaralar yakuni bo‘yicha tashkil etilgan matbuot anjumanida.
Uning ta'kidlashicha, Koreya yarim orolidagi hozirgi vaziyat olti tomonlama muzokaralar to‘xtatilgani oqibatida yuzaga kelgan. "Biz vaziyat yanada keskinlashishiga imkon berishimiz mumkin, bu yakunda mojaroga olib keladi, yoki biz BMT XK rezolyutsiyalari holatlarini qat'iy ravishda amalga oshirishimiz hamda muloqotning tiklanishi uslublarini izlashimiz mumkin", - deya ma'lum qildi Van I.
Xitoylik vazirning ta'kidlashicha, Koreya yarim oroli muammosining tub mohiyati KXDR va AQSh o‘rtasidagi ziddiyatga aloqador, Xitoy esa muammoni hal qilish uchun “juda katta hissa” qo‘shdi.
"Umid qilamizki, barcha tomonlar, jumladan bizning amerikalik do‘stlarimiz vaziyatga sovuqqonlik bilan yondashadilar hamda aqlli qaror qabul qilishadi. Biz o‘z taklifimizni bildirdik va umid qilamizki, uni batafsil o‘rganib chiqishadi", - dedi Van I.
Shuningdek u Xitoy tomoni Amerika bilan bu muammo bo‘yicha qalin aloqalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Mavzuga oid
16:56
AQSh saylovlarida respublikachilar Kongressda ko‘pchilikni qo‘lga kiritdi
15:46
“Abadiy ximikatlar” yoshlarda buyrak shikastlanishiga olib kelishi mumkin - tadqiqot
15:42
Rossiyadan Venesuelagacha: tabiiy boyliklar bo‘yicha eng boy davlatlar
10:31