Har yili bahor fasli kelişi bilan yurtimizda Navröz taomi hisoblanuvçi sumalak tayyorlanadi. Bu taom xalqimiz urf-odati, hayoti va an'anasiga şunçalik singib ketganki, hatto notöğri tuşunçalar ham paydo bölgan. Xususan, islomiy aqidalarga töğri kelmaydigan turli xil fikrlar, gap-sözlar xalq orasida ommalaşgan. Köplar şunga işonib ham qolgan. Xöş, aslida, bunday fikrlar haqiqatga yaqinmi? "Sumalakni kovlagan, undoq yoki bundoq böladi" degan gaplar qançalik asosli? 

Bu kabi savollarga esa, albatta, diniy ta'limga ega kişilar asosli ravişda javob bera olişadi. Toşkent şahar va “Minor” jome masjidi boş imom-xatibi Anvar qori Tursunov şunday javob bergan:

“Mana sumalak qilinadi Navrözda. Sumalak qilsa yaxşi. U vitaminlarga boy. Ya'ni tarkibida juda köp ozuqaviy qiymati yuqori bölgan minerallar va vitaminlar bor. Ilgari insonlar buni bekorga tayyorlaşmagan. U kuçli taom hisoblanadi. Uni iste'mol qilgan odamda quvvat paydo böladi.

Ammo, şu örinda xalqimiz orasida keng tarqalgan ayrim bid'at va notöğri tuşunçalar ham bor va ularni hanuz uçratiş mumkin. Xususan, sumalak pişirsang jannatga kirasan, yettita toş taşlasang undoq, buni qilsang mundoq, bularning barçasi behuda, ahmoqona gaplardir. Sumalak bilan şavla va palovning heç qanday farqi yöq. Hammasi taom hisoblanadi. Böldi, uni ilohiylaştiriş kerak emas. Ba'zilar holvaytar qiliş kerak, deyişadi. Ilohiy taom bölmaydi, taom Allohning bergan ne'matidir. Har xil gap bor-ku, masalan xotinlarning qatlama qiliş kerak, u qiliş kerak, bu qiliş kerak, degan gaplarini eşitib qolamiz. Bularning barçasi bid'at gaplar, gunoh gaplar. U (sumalak) ovqat, bismilloh aytib yeysiz, quvvat böladi, tamom.

Tuğmagan xotinlar kovlasa farzandli bölar ekan, degan işonç ham quruq safsatadan boşqa narsa emas. Farzandni Alloh beradi, sumalak bermaydi. Bu kabi işlarni qilişdan saqlaniş kerak. Ba'zan şunday holatlarga duç kelinadiki, yetti marta kovlasang gunohing keçiriladi, deyişadi. Ellik marta kovlasang ham keçirilmaydi, tavba qilsang keçiriladi. Pişirib, tayyorlaş mumkin. Ammo, taomni ilohiylaştiriş kerak emas”, - deydi Anvar qori Tursunov.

Şunday ekan, aziz dindoş öquvçi, xulosa özingizdan!