AQŞning Özbekistondagi elçisi Jonatan Xenik özbek xalqini Navröz ayyomi bilan tabrikladi.
«Avvalo, Özbekiston prezidenti va hukumatining mamlakatda keng qamrovli va ortga qaytmas islohotlarni amalga oşirişga qaratilgan faoliyati meni hayratda qoldirdi. Biz iqtisodiyotning jadal rivojlanişi, şuningdek, Özbekistonni savdo va investitsiyalar uçun istiqbolli yönaliş sifatida körayotgan Amerika kompaniyalarining qiziqişi ortib borayotganini köryapmiz.
Navröz nafaqat yangilaniş va farovonlik timsoli bölgan ajoyib bahor bayrami, balki erişilgan yutuqlarni nişonlaş uçun muhim fursatdir. Fursatdan foydalanib, Özbekiston fuqarolariga Navröz bayrami fayzli bölişini çin qalbimdan tilayman!» degan AQŞ elçisi.
Şuningdek, Ozarboyjonning Özbekistondagi elçisi Guseyn Guliyev özbek xalqini uşbu bahor bayrami bilan tabrikladi.
«Özbekiston xalqini bahor, yangilaniş va bunyodkorlik ramzi – Navröz olam bilan çin qalbimdan tabriklayman. Bu yorqin bayramda özbek xalqining uluğvorligi, çuqur an’analari, matonati va ravnaqiga intilişi öz ifodasini topgan.
…Qardoş Özbekiston xalqiga tinçlik, farovonlik va yanada muvaffaqiyatlar tilayman», deydi elçi.
Buyuk Britaniyaning Özbekistondagi elçisi Timoti Smart ham özbekistonliklarni Navröz ayyomi bilan tabrikladi.
«Bu yerda böliş va Navröz bayramini, ayniqsa, şunday ajoyib davrda nişonlaş men uçun katta şarafdir. Sakkiz yillik islohotlar Özbekiston öz mavqeyini mustahkamlaş yölidagi ta’sirçan yöldan dalolat beradi. Mamlakat jahon sahnasiga qanday işonç bilan kirib kelayotgani, butun Markaziy Osiyo mintaqasiga naf keltirayotgani kişini hayratga soladi. Ayniqsa, Özbekistonning ta’lim va madaniyat sohasidagi yutuqlari e’tiborga loyiq.








