Sport | 08:25 / 19.03.2017
6057
2 daqiqa o‘qiladi

A Seriya. Yevrokuboklar uchun kurashayotgan «Milan» muhim g‘alabaga erishdi, «Inter»da durang 

Italiya chempionatining 29-turida «Milan» «Jyenoa» bilan o‘ynadi. Milandagi «San-Siro» stadionida kechgan uchrashuv taqdirini 33-daqiqada mezbonlar yarim himoyachisi Fernandes urgan yagona gol hal qildi.

Ushbu uchrashuvdan so‘ng milanliklar jamoasi 53 ochko bilan 6-o‘ringa joylashdi, «Jyenoa» esa 29 ochko bilan 16-o‘rinni egallab turibdi.

Milanning yana bir jamoasi «Inter» «Torino» maydoniga safar qilib, 2:2 hisobidagi durangni qayd etdi. 

«Torino» safida Danele Bazelli va Afriye Akva, «Inter» safida esa Joffrey Kondogbia va Antonio Kandreva bittadan golga mualliflik qildi. 

«Inter» endilikda 55 ochkosi bilan turnir jadvalining 5-pog‘onasida, «Torino» esa ochkolari sonini 40taga yetkazgan holda o‘nlikni yakunlab turibdi. 

Italiya chempionati, 29-tur
Milan – Jyenoa 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 33 Fernandes. 
Milan – Donnarumma, De Shilo, Sapata, Paletta, Vandjoni, Kutska, Bertolachchi (Lokatelli, 3), Fernandes (Pashalich, 74), Okampos, Lapadula (Antonelli, 87), Deulofeu.
Jyenoa – Lamanna, Itstso (Biraski, 69), Munos, Xentiletti, Laksalt, Kataldi, Lazovich (Edenilson, 61), Xilemark, Ntcham, Taarabt (Pinilya, 76), Simeone.
Ogohlantirishlar: Kataldi (36), De Shilo (78), Xentiletti (90).

Torino – Inter 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 27 Kondogbia, 1:1 – 33 Bazelli, 2:1 – 59 Akkua, 2:2 – 62 Kandreva.
Torino – Hart, Dzappakosta, Rossettini, Moretti, Molinaro, Bazelli (Lopes, 85), Lukich, Akkua, Iturbe (Yago Falke, 70), Belotti, Lyayich (Boyye, 65).
Inter – Handanovich, D`Ambrozio, Medel (Murilo, 57), Miranda, Ansaldi, Galyardini, Kondogbia (Brozovich, 76), Kandreva, Banega (Eder, 60), Perishich, Ikardi.
Ogohlantirish: Lopes (90).

Mavzuga oid