09:32 / 19.03.2017
10288

Shimoliy Koreya kuchli raketa dvigatelini sinovdan o‘tkazdi

Shimoliy Koreya kuchli raketa dvigatelini sinovdan o‘tkazganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, sinov Tonchxan-ni raketodromida amalga oshirilgan. Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In sinovning muvaffaqiyatli o‘tgani mamlakat raketa sanoatining "yangidan paydo bo‘lishini" anglatishini aytgan.

KCNA axborot agentligining ma'lum qilishicha, Kim Chen Inning shaxsan o‘zi raketodromga tashrif buyurgan. U dvigatelning texnik ko‘rsatkichlari bilan tanishib chiqqan va sinovni boshlash haqida ko‘rsatma bergan. 

Mavzuga oid
Top