Light | 12:00 / 19.03.2017
13763
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Metroga qarshi poygada g‘olib chiqqan erkak

Facebook'dagi sahifalarning birida noma'lum erkakning antiqa videosi paydo bo‘ldi. Unda bir erkakning yer osti transporti – metro bilan kelasi bekatgacha kim tezroq borishi bo‘yicha poyga o‘ynagani tasvirlangan. 

Ikki jarayonni kuzatar ekansiz, birida metroning harakatlanayotgani, ikkinchisida esa erkak yer ustida manzil yugurib yetib olishga uringaniga guvoh bo‘lasiz.

Qizig‘i shundaki, qahramonimizning bellashuvi omadli yakunlandi. U keyingi bekatga poyezdidan avval yetib keldi va eshiklar yopilmasdan avval unga chiqib olishga muvaffaq bo‘ldi.

Феруза Авазова
Tayyorlagan Феруза Авазова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid