Sport | 00:56 / 20.03.2017
4978
2 daqiqa o‘qiladi

APL. «Tottenhem» «Sauthempton»ni yengib, ikkinchi o‘ringa mustahkam joylashdi

Angliya chempionatining 29-turidagi yana bir uchrashuv «Tottenhem» va «Sauthempton» o‘rtasida kechdi. «Uayt Hart Leyn» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi.

Avvaliga, 14-daqiqada Kristian Eriksen hisobni ochdi, 33-daqiqada Dele Alli penaltidan gol urib, hisobdagi ustunlikni oshirdi. «Sauthempton»ning javob goli Jyeyms Uord-Praus nomiga yozildi.

Endilikda «Tottenhem» 59 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa joylashgan, «Sauthempton» 33 ochkosi bilan o‘ninchi o‘rinda.

Angliya chempionati, 29-tur
Tottenhem – Sauthempton 2:1 (2:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 14 Eriksen, 2:0 – 33, penalti Alli, 2:1 – 52 Uord-Prouz.
Tottenhem – Loris, Vertongen, Devis, Uoker (Tripper, 78), Alderveyreld, Dembele, Dayyer, Eriksen (Yanssen, 86), Vanyama, Alli, Son Xin Min (Uinks, 75).
Sauthempton –    Forster, Bertran, Yosida, Soaresh, Stivens, Tadich (Bufal, 69), Uord-Prouz, Redmond (Rodriges, 80), Devis, Gabbyadini (Long, 32), Romeu.
Ogohlantirishlar: Dayyer (11), Redmond (26), Uoker (39), Vanyama (61), Bufal (81), Romeu (90).

Mavzuga oid