Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daniya 183 yil ichida birinchi marta tashqi qarzini to‘liq uzdi
Daniya 20 mart kuni 183 yil ichida birinchi marta xorijiy valyutadagi tashqi qarzini to‘liq uzdi. U qarzi bo‘yicha oxirgi 1,5 mlrd dollarlik to‘lovni amalga oshirdi. Bu haqda Daniya moliya vazirligi bergan ma'lumotda aytilgan.
Ma'lumotda aytilishicha, Daniya tomondan to‘plangan moliyaviy zaxiralar mamlakat oxirgi yillarda xorijiy valyutadagi qarzlardan voz kechib, mavjudlari bo‘yicha qarzini uzishga yetarlicha miqdorda bo‘lgan.
"Daniya hozirda tashqi qarzlarga ega emasligi tarixiy voqeadir. Bu kun biz mamlakatning ongli va mas'uliyatli iqtisodiy siyosatiga tahsin ayta olishimiz mumkin bo‘lgan kundir", deb aytdi Daniya moliya vaziri Kristian Yensen.
Yensenning qo‘shimcha qilishicha, vazirlikning baholashicha, Daniya aholisi qarishi sababli 2030 yildan 2050 yilgacha murakkab davrni boshdan kechirib, byudjyet defitsitiga duch kelishi mumkin. Vazirning aytishicha, mamlakat yuqori kredit reytingiga putur yetmasligi uchun bu sinovga tayyorlanishi kerak.
Daniya markaziy banki ma'lumotlariga ko‘ra, Daniya birinchi xorijiy qarzini 1757 yilda Amsterdam va Gamburgdagi bankirlardan olgan. Daniya 1834 yildan to bugungi kungacha xorijiy valyutadagi qarzini to‘liq uzolmay kelgan.
Daniyaning milliy valyutadagi ichki qarzi 2016 yil 31 dekabr holatiga ko‘ra, 635 mlrd kronni (92 mlrd dollar) tashkil qilgan, bu qiymat mamlakat yalpi ichki mahsulotining 23 foiziga to‘g‘ri keladi. Daniya bu qiymatning 40 foizini xorijiy investorlardan qarzga olgan.
Mavzuga oid
18:30 / 18.01.2026
Grenlandiya bilan nimalar bo‘lmoqda?
16:34 / 18.01.2026
Grenlandiya va Daniya aholisi Trampga qarshi namoyishga chiqdi
20:58 / 17.01.2026
Oq uy Daniyaning Grenlandiyani himoya qila olishiga shubha bildirdi
10:18 / 17.01.2026