Infografika mualliflari ma’lumot manbai sifatida Global Firepower ma’lumotlaridan foydalangan.

Taşqi qarz tarkibiga davlat va xususiy sektorning taşqi kreditorlar oldidagi majburiyatlari kiradi. Uşbu qarzlar valuta hisob-kitoblari, tovarlar yoki xizmatlar orqali qaytarilişi kerak böladi.



Reytingda taşqi qarzi eng kam davlat sifatida Eritreya qayd etilgan. Mamlakatning taşqi qarzi 461 million dollarga teng.

Eng katta taşqi qarz esa Amerika Qöşma Ştatlari hissasiga töğri kelgan — 24,54 trillion dollar. Bu körsatkiç AQŞdan keyingi önta davlat taşqi qarzining umumiy hajmidan ham yuqori.

AQŞ taşqi qarzi tarkibiga davlat idoralari va xususiy kompaniyalarning xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlari kiradi. Kreditorlar orasida davlatlardan taşqari xalqaro banklar, investitsiya jamğarmalari va xususiy investorlar ham bor.

Asosan AQŞ ğaznaçilik obligatsiyalari körinişida saqlanadigan uşbu qarz işonçli moliyaviy instrument sifatida baholanadi. Şu sababli xorijiy hukumatlar va taşkilotlar unga faol sarmoya kiritadi.

AQŞdan taşqari taşqi qarzi eng yuqori bölgan davlatlar beştaligiga Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Niderlandiya kirgan.

Rossiya esa reytingda 226,5 milliard dollar taşqi qarz bilan 34-örinni egallagan. Ayni paytda Rossiya Markaziy banki mamlakat taşqi qarzini 2026 yil 1 yanvar holatiga köra 319,8 milliard dollar deb baholagan.