11 sentabr teraktidan jabrlangan 800dan ortiq kishi Saudiya Arabistonini sudga berdi
2001 yil 11 sentabrida AQShning Nyu-York shahrida ro‘y bergan teraktlar natijasida qurbon bo‘lganlarning qarindoshlari Saudiya Arabistonini sudga berib, qirollik hukumatini «Al-Qoida» terrorchilik tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashda aybladi.
The Hill nashrining yozishicha, 800 nafardan ortiq kishi nomidan berilgan umumiy da'vo 20 mart dushanba kuni Nyu-Yorkning Manhetten tumani federal sudiga topshirilgan.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, da'vogarlar Saudiya Arabistonini «Al-Qoida»ga moliyaviy va boshqa moddiy ko‘maklarni ko‘rsatganlikda ayblagan. Ularning fikricha, rasmiy Ar Riyod qirollik fuqarolari bo‘lgan terakt ijrochilarining kamida 3 nafari «Al-Qoida»ga aloqador bo‘lganini bilgan.
«Saudiya Arabistoni o‘zini ikkiyuzlamachi sifatida tutgan. Ular AQSh hamda boshqa G‘arb mamlakatlari oldida o‘zlarini ushbu terrorchilik tarmog‘i va terrorizm bilan kurash olib borayotgan davlat sifatida tutdi, aslida esa Saudiya hukumati nomidan faoliyat olib borgan shaxslar «Al-Qoida»ga jiddiy moddiy ko‘mak taqdim etgan», deyilgan murojaatda.
Ularning ta'kidlashicha, Ar Riyodning ko‘magisiz 11 sentabr teraktlari amalga oshmagan bo‘lardi.
«Saudiya Arabistoni terakt natijasida yetgan barcha zarar uchun da'vogarlar oldida javobgardir», deya bildirgan da'vogarlar.
Da'vogarlar Saudiya hukumatidan tovon puli undirishni istamoqda, ammo ular qancha miqdordagi tovon puli istayotgani ma'lum qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yilning 10 sentabrida AQSh Kongressi 11 sentabr qurbonlari yaqinlariga Saudiya Arabistoniga qarshi da'vo qo‘zg‘ashga ruxsat beruvchi beruvchi hujjatni qabul qilgan, bu hujjat Senat tomonidan ma'qullangan edi.
Ko‘p vaqt o‘tmasdan mamlakat prezidenti Barak Obama ushbu qonun loyihasiga veto qo‘ygandi. Ammo Senat uning vetosini bekor qilgandi.
2016 yilning 1 oktabrida AQShda 11 sentabr voqealari yuzasidan Saudiya Arabistoniga qarshi ilk ariza topshirilgandi. Terakt tufayli turmush o‘rtog‘idan ayrilgan Stefani Ross Desimon qirollikni ushbu akt bo‘yicha sudga bergan ilk jabrlanuvchiga aylangandi.
Mavzuga oid
08:10 / 12.11.2024
O‘zbekistonga Saudiya kompaniyalarining qariyb 2,5 mlrd dollarlik investitsiyalari jalb etiladi
19:01 / 11.11.2024
O‘zbekiston va Saudiya bosh prokurorlari tergov va axborot almashinuvida hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzoladi
09:25 / 11.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi
18:01 / 10.11.2024