AQŞlik ayol Saudiya Arabistoni podşohligiga qarşi arizasi bilan Amerika sudiga murojaat qilgan. Bu hodisa, 2001 yil 11 sentabr voqealarida halok bölganlarning oila a'zolariga şunday ariza topşirişga ruxsat beruvçi qonun qabul qilinganidan ikki kun ötgaç, yuz bergan. Bundan avvalroq, Amerika Senati prezident Obamaning mazkur qonunga qöygan vetosini bekor qilişga muvaffaq bölgan edi, deb xabar qilmoqda Bloomberg agentligi.

Agentlik ma'lumotlariga köra, öşa vaqtda homilador ayol Stefani Ross Desimonning turmuş örtoği Patrik Dann terrorçilar samolyotining Pentagon binosiga urilişi oqibatida halok bölgan. 

Şunday qilib, Desimon özi va qizining nomidan ariza topşirib, Ar-Riyodni «Al-Qoida» va uning marhum yetakçisi Usoma bin Lodinni qöllab-quvvatlaşda ayblagan.
 
Xabarda aytilişiça, u turmuş örtoğining öldirilgani va asabbuzarlik kasaliga yöliqqani uçun tovon puli talab qilmoqda.

Avvalroq, Saudiya Arabistoni hukumati Qöşma Ştatlarning 2001 yil 11 sentabr voqealari qurbonlari oilalariga podşohlikka nisbatan ariza topşirişga imkon beruvçi qonunini tanqid qilgan edi.