Jahon | 19:39 / 21.03.2017
13831
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa bundan buyon Turkiyaga o‘z ta'sirini o‘tkaza olmaydi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Yevropa uning mamlakatiga boshqa ta'sir o‘tkaza olmasligini aytdi. Bu haqida RIA "Novosti"da xabar berildi

Germaniya va Niderlandiya hukumatlari turk vazirlarining konstitutsion o‘zgarishlarga doir referendum arafasida bu ikki mamlakatda yashovchi turklar oldida chiqish qilishini taqiqlaganidan keyin Turkiya va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlar keskin tus oldi. 

"Bizga boshqa hech nima bilan tahdid qila olishmaydi - na YeIga a'zolik va na readmissiyaga doir muzokaralar bilan. Bo‘ldi, bu jarayon yakunlandi. 16 aprelda prezidentlik tizimiga o‘tamiz va bizda mutlaqo yangi Turkiya barpo bo‘ladi. YeI yillar mobaynida bizga o‘z mezonlariga ishora qilib keldi, hozir esa ularni o‘zi toptamoqda. 16 apreldan keyin bir stol atrofiga o‘tirib, gaplashib olamiz. Bundan keyin bunaqasi ketmaydi", - dedi Erdo‘g‘an o‘rmon xo‘jaligiga bag‘ishlangan forumda. 

Mavzuga oid