Jahon | 09:12 / 21.03.2017
4161
1 daqiqa o‘qiladi

Kanadada boshpana olishni istovchilar soni keskin ortdi

Foto: Reuters

Kanadada boshpana olish uchun murojaatlar soni joriy yilning birinchi ikki oyida keskin ortdi, deb xabar bermoqda Reyter agentligi.

Xabarlarga ko‘ra, yanvar va fevral oylarida 5520 kishi boshpana taqdim etish borasida murojaat qilgan. Agarda bu ko‘rsatkich darajasi saqlanib qolsa, bir yilda taxminan 33 ming kishi shunday murojaat qiladi, bu esa 2016 yildan 40 foizga ko‘proq.

Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, boshpana olishni istovchi muhojirlarning 20 foizi mamlakatga noqonuniy yo‘llar bilan kirib kelgan.

Agentlik hamda Ipsos kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, kanadaliklarning qariyb yarmi (48 foiz) chegaradan noqonuniy o‘tgan muhojirlarni vataniga qaytarib yuborish tarafdori.

Agentlik Kanadada boshpana olishni istovchilar soni ortishini AQShda Donald Tramp prezident bo‘lgani bilan bog‘lamoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid