Jamiyat | 16:59 / 21.03.2017
7041
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada ayiq ko‘chada aylanib yurishiga ishonasizmi? Ishonmasangiz, videoni ko‘ring

Rossiyaning Taganrog shahri politsiyachilari tumshuqbog‘i bo‘lmagan ayiq bilan aylanib yurgan erkak borasida guvohlarni qidirishmoqda, deb xabar berdi RIA Novosti Rostov viloyati huquq-tartibot idoralari xodimlariga asosan.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p qavatli uylar yonida ayiqni aylantirib yurgan erkak tasvirlangan video paydo bo‘lgandi. Hodisaga bir necha o‘tkinchi guvoh bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Politsiya tekshiruv boshladi. Qator OAV ma'lumotiga ko‘ra, videodagi ayiq aslida Rostov viloyatiga gastrollar uchun kelgan Penza sirkidandir.

"Huquq-tartibot idoralari xodimlari video olingan joyga chiqishdi. Guvohlar yo‘q, hozircha hech kim videodagi ma'lumotni tasdiqlamadi. Bundan tashqari, biz mahalliy sirk xodimlarini so‘roq qildik, ular bu holatga aloqador ekanliklarini rad etishdi", - deya aniqlik kiritib o‘tdi agentlik suhbatdoshi.

Ayni damda politsiyachilar hodisa tafsilotlari, video qayerda va qachon olingani, shuningdek ehtimoliy guvohlarni aniqlashmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid