Light | 20:26 / 22.03.2017
30877
4 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning yashash uchun eng noqulay shaharlari (fotojamlanma)

Mart oyining o‘rtasida "Mercer" xalqaro konsalting kompaniyasi dunyoning yashash uchun eng qulay va eng noqulay shaharlari nomlari qayd etilgan reytingini taqdim etdi. Mana sakkiz yildirki, Vena shahri ketma-ket dunyoning eng yaxshi shahri deya tan olib kelinmoqda, ikkinchi va uchinchi o‘rin Tsyurix hamda Oklendga nasib etdi. Eng noqulay shaharlar reytingida esa vaziyat qiziqroq. Bu yerda "yetakchilar" deyarli har kuni o‘zgaradi. "Lenta.ru" omon qolishning o‘zi katta gap bo‘lgan aholi punktlari haqida so‘z yuritdi.

10-o‘rin: Konakri, Gvineya

Foto: Luc Gnago / Reuters

Taksi haydovchilari Gvineya poytaxtidagi Madina dahasida mijozlarni kutishmoqda

9-o‘rin: Kinshasa, Kongo Demokratik Respublikasi

Foto: Saad Shalash / Reuters

Kinshasa shifoxonasi — Afrikadagi eng yirik shifoxonalardan biri. Bu yerda 2000 yotoq mavjud, shuningdek 2250 kishi faoliyat yuritadi.

8-o‘rin: Brazzavil, Kongo Respublikasi

Foto: Goran Tomasevic / Reuters

Brazzavil Kongo daryosi qirg‘og‘ida — reytingdagi qo‘shnisi Kinshasaning qarshisida joylashgan.

7-o‘rin: Damashq, Suriya

Foto: Mohammed Hamoud / Anadolu Agency / Getty Images

Damashqlik yigit Isroil aviatsiyasi zarba bergan binolar vayronalarini ko‘zdan kechirmoqda

6-o‘rin: Njamena, Chad Respublikasi

Foto: Jorge Silva / Reuters

So‘nggi 10 yilda Njamenada Chad hukumati kuchlari isyonchilar bilan kurash olib bormoqda. Bu yerda zamonaviy binolar deyarli yo‘q, mavjud binolarning asosiy qismi kulbalar va loydan yasalgan uylardan iborat.

5-o‘rin: Xartum, Sudan

Foto: Mohamed Nureldin Abdallah / Reuters

Xartum — Sudan poytaxti. Mamlakat dunyodagi eng qashshoq mamlakatlardan biri hisoblanadi, ishsizlik darajasi 20 foizga yetdi, aholining 40 foizi nochor ahvolda yashaydi.

4-o‘rin: Port-o-Prens, Haiti

Foto: AGF FOTO RM / Hermes Images / Diomedia.com

Bu qiziq, lekin Port-o-Prensda sayyohlarni uchratish mumkin. Ular haqiqiy qashshoqlik qanday bo‘lishini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish uchun qo‘shni Dominikandan bir yoki ikki kunga kelishadi. Sayyohlar faqat qo‘riqchilar hamrohligida harakatlanishadi.

3-o‘rin: Sano, Yaman

Foto: Omar Sanadiki / Reuters

Xusiychilar (shia-zaydlarning jangari guruhi) Saudiya Arabistoni rahbarligi ostidagi koalitsiya tomonidan berilgan aviazarbalardan keyin Sanoni patrullash vaqtida

2-o‘rin: Bangi, Markaziy Afrika Respublikasi

Mahalliy aholi 2014 yilning aprelida Chad qo‘shinlari bostirib kirgan vaqtda uylarning devori ortiga yashirinmoqda. O‘shanda 30 kishi halok bo‘lgan, 300 nafardan ortig‘i jarohatlangan.

1-o‘rin: Bog‘dod, Iroq Respublikasi

Foto: UPPA / Diomedia.com

Bog‘dod aholisi — 9 million kishi, bu Yaqin Sharqning eng yirik megapolislaridan biri. Doimiy teraktlar, odam savdosi va yuqori darajadagi bosqinchilik Bog‘dodni dunyoning yashash uchun eng noqulay shahriga aylantirgan.

Mavzuga oid