Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV terakt ijrochiligida gumon qilinayotgan shaxs suratini e'lon qildi
Britaniyadagi nashrlarda London markazida, parlament binosi oldida hujum uyushtirgani gumon qilinayotgan shaxs suratini namoyish etdi.
Ma'lum qilinishicha, u politsiya tomonidan otilgach, og‘ir jarohat olgan va ayni vaqtda shifoxonaga olib ketilgan.

Suratdan uning tashqi ko‘rinishi Yaqin Sharq hududida istiqomat qiluvchi arablarni eslatishini ko‘rish mumkin.
Bundan oldinroq guvoh terakt ijrochisi ko‘rinishidan osiyoliklarni eslatgani haqida xabar bergandi.
Vestminster ko‘prigida avtomobil orqali odamlarni bosib borgan shaxs, parlament binosi oldida politsiyachilarga hujum qilgan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu hujumlar oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi va bir qancha kishi jarohat oldi.
Mavzuga oid
12:53 / 18.12.2025
Toshkent–London havo qatnovi kengaydi: haftasiga 5 ta reys
20:40 / 15.12.2025
Sidneydagi terakt. So‘nggi ma’lumotlar
13:22 / 15.12.2025
Avstraliya bosh vaziri qurol bo‘yicha qonunlarni qat’iylashtirmoqchi
11:29 / 15.12.2025