Jahon | 08:53 / 22.03.2017
6601
2 daqiqa o‘qiladi

OAVda Shimoliy Koreyada raketa uchirilishi muvaffaqiyatsiz o‘tgani ma'lum qilindi

Shimoliy Koreya sharqiy sohillarida joylashgan Vonsan shahri yaqinidan raketa uchirdi. Bu haqda hukumatdagi manbalarga iqtibos keltirgan holda "Kiodo" axborot agentligi xabar berdi. 

Uchirilgan raketa turi noma'lum. Taxmin qilinishicha, raketa uchirilishi muvaffaqiyatsiz yakunlangan.   

Shimoliy Koreya mart oyi boshida 4 ta raketa uchirgandi, ulardan biri Yaponiyaning Akita prefekturasidan 200 km uzoqroqqa, qolgan uchtasi shu prefekturadan 300-500 km uzoqroqqa tushgan. Raketalar taxminan 80 km farq bilan tushgan, bu esa bir nuqtadan bir vaqtda bir nechta obektlarga zarba berilgani mumkinligidan darak beradi.

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bu raketa uchirilishlarini Yaponiya uchun "yangi xavf darajasi" deb atagandi. Keyinroq Shimoliy Koreya bu raketa uchirilishlarini AQShning Yaponiyadagi bazalariga zarba berishga ixtisoslashgan bo‘lim mashg‘ulotlarining bir qismi bo‘lganini ma'lum qilgan. Bunday bo‘limning mavjudligi Yaponiyani karaxt holga solgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid