Jahon | 20:01 / 22.03.2017
8375
2 daqiqa o‘qiladi

Trampning yaqin safdoshi "Putin manfaati yo‘lida ishlash" uchun pul olganlikda ayblandi

Rossiyalik milliarder Oleg Deripaska 5 yil davomida AQSh prezidenti Donald Tramp saylovoldi shtabining sobiq rahbari Pol Manafortga 50 mln dollar bergan, deb yozmoqda o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda "Associated Press" axborot agentligi. 

"Pol Manafort Rossiya prezidenti Vladimir Putinning manfaatlarini ilgari surish maqsadida rossiyalik milliarder uchun maxfiy ravishda ishlagan", deyilgan maqolada. 

2005 yilda Manafort "Putin hukumatiga foyda keltirishi mumkin bo‘lgan" strategik rejani yozgan. Axborot agentligining ta'kidlashicha, bu davrda Kichik Jorj Bush boshchiligidagi AQSh va Rossiya o‘rtasida munosabatlar yomonlashayotgan bo‘lgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Manafort 2006 yilda unga yiliga 10 mln dollardan to‘lab boriladigan shartnomani imzolagan. Ushbu shartnoma kamida 2009 yilgacha, ya'ni 5 yil amal qilgan. 

Manafort axborot agentligiga Deripaska uchun ishlaganini tasdiqlagan, biroq uning bu ishini noqonuniy deb baholash adolatsiz ekanligini aytgan.

Mavzuga oid