Jahon | 09:05 / 23.03.2017
10675
1 daqiqa o‘qiladi

OAV turmada o‘tirgan mahbusni Londondagi terakt ijrochisi deb atadi

OAV 22 mart kuni Londonda terakt sodir etgan terrorchining ismi haqida noto‘g‘ri ma'lumot bergan. Buni BBC telekanali muxbiri Dominik Kaschiani tvitterda ma'lum qildi. Kaschiani ma'lumotlariga ko‘ra, The Independent nashri terrorchi sifatida aytgan Abu Izzadin hozirda turmada jazo o‘tamoqda.   

Avvalroq bir nechta britan nashrlari London markazidagi teraktni Abu Izzadin (Trevor Bruks) amalga oshirganini ma'lum qilishgandi. Biroq keyinroq Izzadin pul yig‘ish, ig‘vogarlik va terrorchilikni targ‘ib qilgani uchun hozirda turmada jazo o‘tayotgani ma'lum bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, Independent nashri terrorchi ismi haqida avval saytida chop etgan ma'lumotni undan o‘chirib tashlagan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid