Sport | 22:41 / 23.03.2017
13095
1 daqiqa o‘qiladi

«Real»ning keyingi yirik xaridi Ronalduga bog‘liq bo‘ladi

«Real» yozgi transferlar vaqtida jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan hisoblashgan holda harakatlanishi kerak bo‘ladi. Marca nashrining xabariga ko‘ra, madridliklar klubi transferlar darichasi vaqtida yirik xaridlarni amalga oshirmoqchi, ammo bu masala portugaliyalik futbolchi bilan kelishilgan holda hal qilinishi kerak bo‘ladi.

Agar 32 yoshli bu futbolchi chap qanot hujumchisi sifatida o‘ynashga qaytishga rozi bo‘lsa, rahbariyat ayni damdagi eng yaxshi markaziy hujumchilardan birini sotib oladi. Agar Krishtianu Ronaldu markaziy hujumchi sifatida o‘ynashni istasa, klub chap qanot vingeri sotib olishiga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek transferlarda Zinedin Zidanning ham fikri inobatga olinadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid